Fuqarolar ularga xizmat ko‘rsatadigan banklardan kerakli miqdorda naqd pul olishlari mumkin

Fuqarolar ularga xizmat ko‘rsatadigan banklardan kerakli miqdorda naqd pul olishlari mumkin

Tez orada Yagona umumrespublika prosessing markazi (UzCard) to‘lov tizimidagi uzilishlar bartaraf etiladi.

Bu haqda Markaziy bank rasmiy bayonot bilan chiqdi

Fuqarolar ularga xizmat ko‘rsatadigan banklarga o‘zlariga kerakli miqdorda naqd mablag‘ olish uchun murojaat qilishlari mumkin.

Markaziy bank axborot xizmati ma’lum qilishicha, ayni pytda to‘lov kartalaridagi qoldiq haqida ma’lumotlar qayta tiklangan. Ikkini bosqichda — kun davomida to‘lov terminallari faoliyati tiklanadi.

Markaziy bank zarurat bo‘lsa, fuqarolar ularga xizmat ko‘rsatadigan banklarga o‘zlariga kerakli miqdorda naqd mablag‘ olish uchun murojaat qilishlari mumkinligini eslatmoqda. Buning uchun mijoz karta ochilgan bankka murojaat qilish zarur. Terminallar ishlagandan so‘ng har qanday bankning har qaysi filialiga murojaat qilish mumkin bo‘ladi. Buning uchun mamlakatning barcha hududlaridagi banklar filiallari yetarli darajada naqd pul bilan ta’minlangan.

Markaziy bank yuz bergan insidentni shunchaki e’tiborsiz qoldirmaydi. Qonunchilikka o‘zgartirish kiritish bo‘yicha tashabbus ilgari suriladi. Unda chakana to‘lov tizimlarining barqaror faoliyat yuritishi maqsadida ularning ishini nazorat qilish va tartibga solish bo‘yicha Markaziy bank huquq va majburiyatlarini belgilash ko‘zda tutiladi.

O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!