O‘zbekistonlik ayol Olmaotada mast holatda mashina o‘g‘irlab, avariyaga uchradi

O‘zbekistonlik ayol Olmaotada mast holatda mashina o‘g‘irlab, avariyaga uchradi

1 iyun kuni Olmaota-Bishkek yo‘lining 43-kilometrida «Toyota Camry» avtomashinasini boshqarayotgan 33 yoshli ayol, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi boshqaruvni yo‘qotgan, deya xabar beradi Kazinform muxbiri.

Olmaota viloyati polisiya departamenti matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu holat Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 345-moddasi bilan ro‘yxatga olingan. Chet el fuqarosi transport vositasini boshqarayotganda mast holatda bo‘lgan.

«Baxtsiz hodisa natijasida 31 yoshli erkak va 23 yoshli ayol tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

U bungacha 2017 yil 16 may kuni Qozog‘iston Respublikasi Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi kodeksining 517-moddasi 7-qismiga binoan OLmaota viloyati Qarasay tumanining ixtisoslashtirilgan tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan migrasiya qonunchiligini takroran buzishda aybdor deb topilgan.

Uning Qozog‘iston Respublikasi hududida noqonuniy yurganligi sababli, ushbu holat Qarasay tuman ichki ishlar bo‘limida Jinoyat kodeksining 392-moddasi (Qozog‘iston Respublikasi davlat chegarasini qasddan noqonuniy kesib o‘tish) bo‘yicha jinoyat sifatida qayd etilgan. Bundan tashqari, u boshqargan mashinani opasi, Qozog‘iston fuqarosidan o‘g‘irlangan», - dedi Olmaota viloyati polisiya departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, polisiya polkovnigi Daniyar Mendebayev.

Endi u QR Jinoyat kodeksining uchta moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortiladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!