O‘zbekistonga tashrif buyurgan aksariyat sayyohlarning yoshi 31-55 yoshni tashkil qildi (FOTO)

O‘zbekistonga tashrif buyurgan aksariyat  sayyohlarning yoshi 31-55 yoshni tashkil qildi (FOTO)

2022 yilda xorijiy davlatlardan O‘zbekistonga jami 5,2 million nafar sayyoh tashrif buyurdi. Bu 2021 yilgi ko‘rsatkichdan (1,8 million nafar) deyarli 3 barobarga ko‘pdir.

Xususan, qo‘shni davlatlardan o‘tgan yili jami 4 364,8 ming nafar turist tashrif buyurdi va bu 2021 yilga nisbatan 283 foizga ko‘pdir. Shuningdek, qolgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlaridan 606,4 ming nafar (2021 yilga nisbatan 291 foizga ko‘p), uzoq xorij mamlakatlaridan 261,6 ming nafar (2021 yilga nisbatan 198 foizga ortiq) turist yurtimizga keldi.

Jumladan, Turkiyadan 75,5 ming (2021 yilga nisbatan 171 foizga ko‘p), Janubiy Koreyadan 19,9 ming (2021 yilga nisbatan 347 foizga ko‘p), Germaniyadan 17,7 ming (2021 yilga nisbatan 257 foizga ko‘p), AQShdan 13,1 ming (2021 yilga nisbatan 242 foizga ko‘p), Fransiyadan 11 ming (2021 yilga nisbatan 372 foizga ko‘p) hamda Buyuk Britaniyadan 10,5 ming (2021 yilga nisbatan 264 foizga ko‘p) turist yurtimizni ziyorat qildi.

O‘zbekistonga tashrif buyurgan aksariyat  sayyohlarning yoshi 31-55 yoshni tashkil qildi (FOTO)

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 2022 yilda mamlakatimizga kelgan turistlarning 49,6 fozini, ya’ni 2 593 400 nafarini 31 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan kishilar tashkil qilgan. Shuningdek, xorijlik turistlarning 723,3 ming nafari - 18 yoshgacha bo‘lganlar, 846,5 ming nafari – 19 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar hamda 1 069,6 ming nafari 50 yoshdan oshgan kishilar bo‘ldi.

O‘zbekistonga tashrif buyurgan aksariyat  sayyohlarning yoshi 31-55 yoshni tashkil qildi (FOTO)

Ma’lumot uchun, 2023 yilda O‘zbekistonga 7 million nafar xorijlik turistlar tashrif buyurishi kutilmoqda.

O‘zbekistonga tashrif buyurgan aksariyat  sayyohlarning yoshi 31-55 yoshni tashkil qildi (FOTO)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!