O‘zbekiston Prezidenti turkiy davlatlar hamkorligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatdi

O‘zbekiston Prezidenti turkiy davlatlar hamkorligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etdi.

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban raisligida o‘tgan tadbirda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an hamda Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev ham qatnashdi.

Kun tartibiga muvofiq, tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, amaliy hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida jahonda geosiyosiy va geoiqtisodiy ziddiyatlar, mintaqaviy nizolar va iqlim o‘zgarishi oqibatlari kuchayib borayotgan bugungi murakkab vaziyat shiddat bilan o‘zgarib borayotganini qayd etdi.

Prezidentimiz dolzarb xalqaro muammolarni hal etishda, birinchi navbatda, xalqaro huquq normalari va BMT Nizomiga tayangan holda tashkilot davlatlarining umumiy yondashuv va pozisiyalarini mustahkamlash muhimligini qayd etdi.

Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga to‘xtalar ekan, O‘zbekiston yetakchisi bu borada ishga solinmagan ulkan salohiyat mavjudligini ko‘rsatib o‘tdi va qator yangi takliflar bildirdi.

Siyosiy jihatdan O‘zbekiston tashabbusi bilan Turkiy davlatlar o‘rtasida strategik sheriklik, abadiy do‘stlik va qardoshlik to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi dolzarb ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Ushbu hujjat xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish va ko‘p qirrali hamkorlikning uzoq muddatli huquqiy bazasini mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Prezidentimiz savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va transport-kommunikasiyaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, Tashkilot mamlakatlarining umumiy tashqi savdo aylanmasida o‘zaro savdo ulushini oshirish maqsadida "Turk-treyd" onlayn platformasini yaratish va Tovar ayirboshlashni ko‘paytirish bo‘yicha amaliy dastur qabul qilish taklif etildi.

Transkaspiy xalqaro yo‘lagi orqali yuk tashish hajmining o‘sishini ta’minlash va bojxona-chegara tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida davlatimiz rahbari ushbu yo‘nalish bo‘ylab "yagona darcha" va "yashil yo‘laklar" tizimini tez fursatda joriy etishga chaqirdi. Bu boradagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida joriy yil noyabr oyida Toshkent shahrida Turkiy davlatlarning multimodal transport va logistika xalqaro forumini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari Turkiy investisiya jamg‘armasi ta’sis etilganini olqishlab, innovasion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Qo‘shma venchur kompaniyasi va Tashkilotga a’zo mamlakatlarning investisiyaviy imkoniyatlarini taqdim etadigan yagona portal tashkil etish muhim ekanini ta’kidladi.

Sanoat kooperasiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida kimyo, energetika, tog‘-kon, yengil sanoat, farmasevtika, charm-poyabzal, oziq-ovqat va qurilish tarmoqlarida yirik ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish taklif qilindi.

Davlatimiz rahbari iqlim kun tartibiga to‘xtalar ekan, yaqinda Samarqand shahrida o‘tgan Xalqaro iqlim forumi davomida "yashil" taraqqiyot sohasida global va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha qator muhim tashabbuslar ilgari surilganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning Budapesht shahrida Qurg‘oqchilikning oldini olish institutini ishga tushirish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi. Uning faoliyatiga ko‘maklashish va maqsadli loyihalarga kengroq jalb qilish uchun qurg‘oqchilik va ekologik muammolarning oldini olish bo‘yicha qo‘shma "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish taklif qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti fan, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universitetining ochilishi tashkilotga a’zo mamlakatlarning ta’lim dasturlarini amalga oshirish va iqtidorli yoshlarni tayyorlashga munosib hissa bo‘lishi ta’kidlandi.

O‘zbekiston yetakchisi Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti - TURKSOY faoliyati va tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda Turkiy madaniyat jamg‘armasi kengashining navbatdagi yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif etdi.

So‘zining yakunida O‘zbekiston Prezidenti turkiyalik atoqli olim, biokimyogar, Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjarni Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotga sazovor bo‘lgani bilan tabrikladi.

Sammit yakunida Budapesht deklarasiyasi, shuningdek, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa qator hujjatlar qabul qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

Dahshat! Eron birinchi marta zamonaviy vertikal raketalardan foydalanmoqda

Бу ҳақда "Ozod Iran" нашри хабар берди.

Uta Abe Diyora Keldiyorovaga "vizov" tashladi

Келдиёрова бу ерда бўлмаганидан хафсалам пир бўлди. Умид қиламанки, у қайтади, шунда мен ундан қасос оламан

Icroil «Qizil to‘y» operasiyasi doirasida 12 daqiqa ichida Eronning harbiy rahbarlarini yo‘q qildi

2024 йил ноябридан режалаштирилган ва 2025 йилда амалга оширилган «Қизил тўй» операцияси давомида Исроил ҳарбий ҳаво кучлари 12 дақиқа ичида Эроннинг 10 нафар юқори лавозимли ҳарбий раҳбарини йўқ қилишга эришди. Бу операция Эрон мудофаа тизимида жиддий нуқсон борлигини намойиш этди.

Eron maxsus kuchlari urib tushirilgan uchinchi Isroil samolyoti uchuvchisini qo‘lga oldi

Ҳозирча ҳеч қандай расмий тасдиқ йўқ.

O‘zbekiston Boliviyaga mag‘lub bo‘ldi

Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга қарши имкониятни бой берди.

Nihoyat! Arab davlatlari Eron — Isroil urushi borasida "tilga kirdi"

Араб ва ислом давлатлари ташқи ишлар вазирлари Эронга қарши Исроилнинг ҳарбий ҳаракатларини тўхтатиш зарурлиги тўғрисида умумий баёнот берди.

Ronaldu va Messi bir tarkibda

FourFourTwo портали мутахассислари барча даврларнинг рамзий жамоасини туздилар.

O‘zbekistonlik 3 futbolchi Angliya klubida ko‘rikdan o‘tish uchun Londonga jo‘nab ketdi

Ўзбекистон футболининг иқтидорли ёшлари халқаро майдонда ўзини кўрсатиш имкониятига эга бўлмоқда. “Пахтакор” клуби ҳужумчиси Саидумархон Саиднуруллаев ҳамда “Сурхон” сафида тўп сурувчи икки ёш футболчи — Беҳруз Каримов ва Беҳруз Шукуруллаев Англиянинг машҳур “Куинз Парк Рейнжерс” (КПР) клубида кўрикдан ўтиш учун Лондонга йўл олишди.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Dollar va yevro keskin ko‘tarildi

Марказий банк 2025 йил 13 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.

Ronaldu "Oltin to‘p"ni kim olishi kerakligini aytdi

Португалия терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду "Олтин тўп" соҳибини аниқлаш мезонлари ҳақида гапирди.

«Jahannam darvozasi» krateri tez orada so‘nadi

Туркманистоннинг Қорақум саҳросида ярим асрдан буён ёнаётган «Жаҳаннам дарвозаси» кратери сўнишни бошлади, деб хабар берди Daily Mail.

"Eron bu urushda yolg‘iz emas..."

У Исроилнинг Эрон ядровий ва ҳарбий объектларига қарши давом этаётган операциясини қоралади.

Messi: "Krishtianu Ronalduga qoyil qolaman"

“Интер Майами” ҳужумчиси Лионель Месси Криштиану Роналду ҳақида гапирди.

Kuzatuv kameralari — Eronning yangi quroliga aylandi

Эрон ракеталар самарадорлигини кузатиш учун хусусий камералардан фойдаланмоқда.

Rus va ukrain xalqlari bu bitta xalq, shunday ekan butun Ukraina bizniki — Vladimir Putin

Мен Киев режими раҳбари Зеленский билан учрашиб, бу масалага нуқта қўйишга тайёр эдим, лекин, Борис Жонсон келди ва уларни бу фикрдан қайтарди.

Erondagi yadroviy reaktorga zarar yetdi, radiasiya xavfi mavjud

Аракдаги реактор Теҳрондан 250 км жануби-ғарбийда жойлашган бўлиб, илмий тадқиқотлар учун мўлжалланган.

Istanbul klubi Shomurodovga necha yillik shartnoma taklif qilgani ma’lum bo‘ldi

"Рома" шарафини ҳимоя қилаётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳужумчиси Элдор Шомуродов Туркияга кўчиб ўтиши кутилмоқда.

Eron AQShga tahdid qildi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Ароқчининг NBC News телеканалига берган интервьюсида айтишича, агар АҚШ Исроилнинг ҳарбий операциясида иштирок этса, Эрон Яқин Шарқдаги америкалик ҳарбийларга зарба беради.

“Erik” to‘foni Meksikaga yetib keldi

Мексика президенти Клаудия Шейнбаум видеомурожаатида минтақадаги барча тадбирлар тўхтатилганини таъкидлади ва аҳолини уйда ёки бошпаналарда қолишга чақирди.

Buyuk Britaniya va Vengriya Erondagi diplomatlari mamlakatdan olib chiqilganini e’lon qildi

Венгрия эса Эрондаги ўз элчихонасини Озарбойжонга кўчирганини эълон қилди.

BMT Isroilni bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun yana «qora ro‘yxat»ga kiritdi

БМТ 2024 йилда болаларга қарши ҳарбий низолардаги зўравонликлар «мисли кўрилмаган даража»га етганини маълум қилди. Энг кўп ҳуқуқбузарликлар Ғазо ва ишғол этилган Ғарбий соҳилда Исроил армияси томонидан содир этилган.

Isroil Tebriz aeroporti atrofiga havo hujumi uyushtirdi

Исроил Эрон ҳудудида жойлашган стратегик нуқталарга навбатдаги ҳаво ҳужумларини амалга оширди. Эроннинг ISNA агентлиги хабарига кўра, зарбалар Шарқий Озарбайжон вилоятидаги Илхчи ҳудуди ва Тебриздаги Шаҳид Медени халқаро аэропорти атрофида амалга оширилган.

Qozog‘iston Ekologiya vaziri: "O‘zbekistonning ekologik vaziyatni yaxshilashga intilishi juda yuqori darajada"

20 июнь куни “Eco Expo Central Asia 2025” халқаро экологик технологиялар кўргазмаси доирасида Қозоғистон Республикаси Экология ва табиий ресурслар вазири Ерлан Нйсанбаев иштирокчиларнинг кўргазма стендлари билан танишди. Юқори мартабали меҳмонга Ўзбекистон Республикаси Экология, атроф-муҳитни муҳофаза қилиш ва иқлим ўзгариши вазири Азиз Абдуҳакимов ҳамроҳлик қилди.

Buxorodagi bog‘chada 2 yashar bola tok urishidan vafot etdi

Мазкур ҳолат юзасидан туман прокуратураси томонидан Ўзбекистон Республикаси ЖКнинг 116-моддаси 3-қисми билан қўзғатилган.

MAGATE Arakdagi yadroviy majmuaga yetkazilganini tasdiqladi

Эроннинг Арак шаҳридаги ядровий мажмуага берилган зарба акс этган тасвирлар эълон қилинди.

Konor Makgregor tungi klubda to‘polon chiqardi

Жабрланувчи клубдан чиқарилган, Макгрегор эса кечани давом эттирган.

Turkiya qamoqxonalarida mahkumlar soni me’yordan oshib ketdi

Сўнгги икки ойда қамоққа олинганлар сони 13 867 нафарга кўпайган. Бу эса Туркия қамоқхоналари тизимига бўлган юклама кескин ортганини кўрсатади.

Evropa 2028 yildan Rossiya gazini to‘liq taqiqlamoqchi

Европа Иттифоқи Россия билан кўп йиллик энергетик алоқаларга чек қўйишни режалаштирмоқда. Яқинда қабул қилинган таклифга кўра, ЕИ 2027 йил охиригача Россиядан табиий ва суюлтирилган газ импорт қилишни тўхтатиш учун юридик мажбурий механизмлар жорий этмоқчи.

G‘azodagi Isroil hujumlari: 69 kishi halok bo‘ldi, yuzlab yaralangan

Ҳужумлар 19 июн куни эрталабдан бошланган бўлиб, асосан аҳоли зич жойлашган туманларни ва инфратузилмани нишонга олган.

Xorazmda 18 yoshli o‘smir Tico’da YTHga uchrab, vafot etdi

Н.Ш. ўз бошқарувидаги Tico автомашинасида тезликни ошириб, бошқарувни йўқотган

Eron Hormuz bo‘g‘ozini minalashi mumkin - The New York Times

АҚШ Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда иштирок этиш борасида 24-48 соат ичида қарор қабул қилиши кутилмоқда

Tramp Eronga yakuniy ultimatum qo‘ydi

“Сўзсиз капитуляция” талабининг моҳияти оддий — Теҳрон таслим бўлиши керак

Isroil-Eron mojorasi Pokiston xavfsizligi uchun tahdid sifatida baholanmoqda

Исроил ва Эрон ўртасидаги ҳарбий зиддият кучайиши Покистонда хавфсизликка оид жиддий ташвишларни келтириб чиқармоқда. Исломобод Исроилнинг ҳужумларини кескин қоралаб, можора чегараларидаги беқарорлик ва ажралувчи гуруҳлар фаоллашувидан хавотирланмоқда.

Xitoydan Eronga uchirilgan «sirli» samolyotlar radardan g‘oyib bo‘lgan

The Telegraph нашрига кўра, Хитой Эронга камида учта юк самолёти жўнатган. Улар мамлакат ҳаво ҳудудига яқинлашганда радарлардан йўқолган. Бундай ҳаракат Исроилнинг ҳужумлари фонида жиддий шубҳалар уйғотмоқда.

Turk samolyotlari Isroilni himoya qilayotgani rad etildi

Ижтимоий тармоқларда турк самолётлари Исроилни ҳимоя қилиш масъулиятини ўз зиммасига олгани ҳақида маълумотлар пайдо бўлди.

Jizzaxda er qidirayotgan 8 nafar qizga tushuntirish ishlari olib borildi

Ижтимоий тармоқларда тарқалган видеода 8 нафар қиз келин либосида “Эр керак” деб ёзилган плакатлар билан марказий кўчаларни айланиб юргани акс эттирилган.

Toshkentda erkak ayolini benzin sepib, yoqib yubordi

Маълум қилинишича, 42 ёшли эркак аёли билан доимий тарзда жанжаллашиб келган.