Jahon banki O‘zbekistonga 200 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga 200 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi

Jahon banki O‘zbekistondagi irrigasiya va drenaj infratuzilmasini modernizasiya qilish, shuningdek, fermerlarga irrigasiya xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish loyihasini amalga oshirish uchun 200 million dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi.

Loyiha mamlakatning beshta hududida suv yo‘qotishlarini qisqartirish va sug‘orish tizimlarining energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan. O‘zbekiston hukumati ham dasturni birgalikda moliyalashtirish uchun qo‘shimcha 23,2 mln dollar yo‘naltiradi.

«O‘zbekistonning qurg‘oqchil iqlimi irrigasiyani yalpi ichki mahsulot va aholi bandligining taxminan 25 foizini tashkil etuvchi qishloq xo‘jaligi uchun hayotiy zaruratga aylantiradi. Suvning asosiy qismi Amudaryo va Sirdaryodan olinib, keng tarmoqli kanallar orqali dalalarga yetkazib beriladi. Qishloq xo‘jaligi mamlakatdagi barcha suv resurslarining qariyb 90 foizini iste’mol qilgani sabab suvdan samarali foydalanishni ta’minlash o‘ta muhim vazifaga aylanmoqda. O‘zbekistonda muzliklar oqimining kamayishi, suv bug‘lanishining ortishi, muntazam bo‘lmagan yog‘ingarchilik va qurg‘oqchilikning tezlashishi tufayli suv resurslari tanqisligi sezilarli darajada kuchayishi kutilmoqda. Prognozlarga ko‘ra, ushbu o‘zgarishlar mavjud suv resurslari hajmini 30-40 foizga qisqartirishi va shu bilan birga irrigasiya xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni 25 foizga oshirishi mumkin. Bu esa suv resurslariga qo‘shimcha yuklama paydo qiladi», deyiladi Jahon banki xabarida.

O‘zbekistonda irrigasiya infratuzilmasining katta qismi eskirgan, bu esa suvning sezilarli darajada yo‘qotilishiga, resurslarning hududlar o‘rtasida notekis taqsimlanishiga va fermerlarga irrigasiya xizmatlari ko‘rsatish sifatining pastligiga olib kelmoqda.

Bundan tashqari, 2,4 mln gektarga yaqin qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish (mamlakatning barcha sug‘oriladigan maydonining 56 foizi) nasoslar yordamida suv yetkazib berilishiga bog‘liq. Buning uchun 1 700 ga yaqin nasos stansiyalaridan foydalaniladi, ular har yili taxminan 7,2 milliard kVt/soat elektr energiyasi iste’mol qiladi. Bu mamlakat umumiy energiya iste’molining qariyb 16 foizini tashkil etadi.

«Yangi loyiha orqali Jahon banki O‘zbekiston suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini amalga oshirishda hukumatga ko‘maklashadi. Konsepsiya irrigasiya sohasida suv va energiya tejamkor infratuzilmani rivojlantirishni ham nazarda tutadi», – deydi Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Tatyana Proskuryakova. – «Rejalashtirilgan loyiha tadbirlari qishloq xo‘jaligi unumdorligini oshirish, suvdan foydalanuvchilarning farovonligini yaxshilash, shuningdek, irrigasiya va agrosanoat sohalarida yangi ish o‘rinlarini yaratishga yordam beradi»

O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi loyihani Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shuningdek, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida amalga oshirish uchun mas’ul bo‘ladi. Ushbu hududlarda irrigasiya va drenaj infratuzilmasini modernizasiya qilish va ko‘rsatilayotgan xizmatlarni takomillashtirish orqali 2031 yilga borib suv xo‘jaligi sektori samaradorligi sezilarli darajada oshishi kutilyapti.

Rejalashtirilgan loyiha tadbirlar:

  • Amudaryo va Sirdaryo bilan bog‘langan va yuqorida qayd etilgan hududlardan o‘tgan sakkizta yirik magistral kanalning 259 kilometrini betonlash. Buning uchun suvni tejaydigan zamonaviy materiallar, jumladan, geomembranalardan foydalaniladi;
  • O‘zi oqar suv yetkazib berishni ta’minlash va iloji boricha nasoslardan foydalanish zaruratini kamaytirish uchun kanal o‘zanlarini qayta profillash va ularning sathini ko‘tarish;
  • Ko‘rsatilgan kanallar bo‘ylab suv taqsimotini nazorat qilish darajasini oshirish uchun 470 ga yaqin gidrotexnik inshootlar qurish;
  • Suv sarfini o‘lchagich o‘rnatilgan boshqariladigan suv chiqargichlarni o‘rnatish, shuningdek, suv ta’minoti jarayonlarini boshqarish uchun dispetcherlik boshqaruvi va ma’lumotlarni yig‘ish tizimini (SCADA) joriy etish.

Loyihadan kutilayotgan natijalar:

  • 232 000 gektar maydonda irrigasiya xizmati sifatini yaxshilash. Bu ushbu yerlarda qishloq xo‘jaligi unumdorligini oshirish imkonini beradi;
  • 180 000 nafar suv foydalanuvchilari, shu jumladan 80 000 nafar ayollarning sug‘orish xizmatlaridan yanada ishonchli foydalanishini ta’minlash;
  • Yillik suv yo‘qotishlarini taxminan 540 million kub metrga qisqartirish;
  • Yiliga 165 million kVt/soatdan ortiq elektr energiyasini tejash, bu esa irrigasiya sohasida energiya samaradorligini oshiradi va ekspluatasiya xarajatlarini kamaytiradi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

Dollar va yevro keskin ko‘tarildi

Марказий банк 2025 йил 13 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.

Eron maxsus kuchlari urib tushirilgan uchinchi Isroil samolyoti uchuvchisini qo‘lga oldi

Ҳозирча ҳеч қандай расмий тасдиқ йўқ.

Ronaldu va Messi bir tarkibda

FourFourTwo портали мутахассислари барча даврларнинг рамзий жамоасини туздилар.

Isroil Erondan keyin Pokiston hududiga zarbalar berishga zamin qo‘ygan(mi)?

Шуни таъкидлаш керакки, Исроилнинг оммавий ахборот майдонида Покистон одатда умуман тилга олинмайди ва, албатта, тинчликка таҳдид деб ҳисобланмайди.

Eron armiyasi ko‘r, kar va soqov bo‘lib chiqdi

Исроил ҳаво кучлари Эрондаги 100 га яқин нишонга ҳужум қилиш учун 200 га яқин самолётдан фойдаланган ва бирортасини ҳам йўқотмаган.

"Qon ichmaguncha yotmayman": Netanyaxu Injildan qurol sifatida foydalanadi

Танқидчиларнинг таъкидлашича, Нетаняхунинг диний рамзийлиги ички аудиторияни эмас, балки Эронни ўз ичига олишга камроқ қаратилган.

Eron Isroilning F-35 qiruvchi samolyotlarini urib tushirdi

Бу ҳақда Эроннинг Tasnim ахборот агентлиги хабар берди.

Kreml "yonmoqda" - Serbiya Ukrainaga yaqindan yordam bermoqchi

Бу ҳақда мамлакат президенти Александр Вучич маълум қилди.

Isroil xududiga endi Yamandan ham raketalar kelib tushmoqda

Бу ҳақда Al Jazeera телеканали маълум қилди.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

Ronaldu "Oltin to‘p"ni kim olishi kerakligini aytdi

Португалия терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду "Олтин тўп" соҳибини аниқлаш мезонлари ҳақида гапирди.

«Jahannam darvozasi» krateri tez orada so‘nadi

Туркманистоннинг Қорақум саҳросида ярим асрдан буён ёнаётган «Жаҳаннам дарвозаси» кратери сўнишни бошлади, деб хабар берди Daily Mail.

"Kim Chen Inni sud qilish vaqti keldi"

Украиналикларга Ким Чен Инни судга бериш маслаҳат берилди.

Eron gipertovushli raketalar orqali Isroildagi ob’ektlarni aniq nishonga oldi

Бу ҳақда Tasnim хабар бермоқда.

“Qarta tashlandi": Isroil Eronni to‘xtatish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi

Бу ҳақда Исроилнинг Haaretz газетаси таҳлилий мақоласида ёзмоқда.

Eron Isroilga qarshi urushda "yangi usul" qo‘lladi

Эрон инқилобий гвардияси сўзларига кўра, сўнгги ҳужумда Исроилнинг кўп қатламли мудофаа тизимлари бир-бирига қарши ишлашига сабаб бўлган янги усул қўлланилди ва бу Эроннинг кўплаб мўлжалларни муваффақиятли нишонга олишига имкон берди.

Dubaydagi janjalda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi

Дубай жамоат прокуратураси апрель ойида Дубайдаги бир бензин станциясида юз берган икки гуруҳ ўртасидаги жанжал бўйича тергов олиб бормоқда.

Isroilga Turkiya havo hududidan foydalanishga ruxsat berilmadi

Баъзи ижтимоий медиа платформаларида "Исроил фуқаролик самолётлари паркининг бир қисми Туркияда жойлашган" деган иддаолар мутлақо ҳақиқатга тўғри келмайди.

"Eron esa aqlli o‘ynamoqda..."

Янги Зеландиялик профессор Саймонс Исроилнинг Эронни енгиш имконияти йўқлиги ҳақида гапирди.

Isroil Eron davlat televideniyesi ofisiga hujum uyushtirdi

Аввалроқ, Исроил мудофаа вазири режалаштирилаётган ҳужум ҳақида ишора қилиб, “Эроннинг тарғибот минбари йўқ бўлиш ёқасида турибди”, деган эди

Eron birinchi marta Isroilga chinakam qattiq zarba berishi mumkin

Шу билан бирга, Эрон расмийлари агар Тел-Авив агрессиясини тўхтатмаса, Теҳрон ҳарбий бўлмаган объектларни ҳам бомбардимон қилишни бошлаши мумкинлигини айтган

Hindistonda ko‘prik qulashi natijasida sayyohlar halok bo‘ldi

Қулаш оқибатида яна бир неча киши чўкиб ҳалок бўлгани тахмин қилинмоқда. 39 киши қутқариб олинган.

Buyuk Britaniyaning London shahri rapid va blis yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilgan jamoaviy Jahon chempionatiga mezbonlik qildi.

Бир вақтлар бутун дунёда имкониятлар юрти сифатида таниқли бўлган Америка Қўшма Штатлари энди айрим хорижликлар учун хавфли ва исталмаган жой сифатида кўрилмоқда.

Eronning Isroilga uyushtirgan so‘nggi hujumi qurbonlari soni besh nafarga yetdi

Эроннинг Исроил марказига қилган сўнгги ҳужуми оқибатида камида беш киши ҳалок бўлди. Бу ҳақда N12 телеканали хабар бермоқда.

BMT global gumanitar yordam dasturini keskin qisqartirdi

Дунёдаги кризис ўчоқларида эҳтиёж ошиб бораётган бир пайтда, БМТ молия етишмаслиги сабабли ёрдам дастурларини қисқартиришга мажбур бўлди. Гуманитар муассасалар таъбири билан айтганда, «эшитилмаган даражадаги молиявий танқислик» қарорлар қабул қилишда оғриқли танловларга олиб келмоқда.

Isroil G‘azoda aloqa infratuzilmasini maqsadli ravishda yo‘q qilmoqda

Бу ҳақда Ғазо секторидаги ҳукуматнинг расмий Медиаофиси баёнот берди.

Kreml Netanyaxuning bayonotiga javob qaytardi: “Isroil harakatlarini qoralaymiz”

Россия президенти матбуот котиби Дмитрий Песков Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяхунинг Эрондаги ҳокимият ўзгариши ва Исроилнинг ҳужумлари ўртасидаги боғлиқлик ҳақидаги баёнотига муносабат билдирди.

Ukraina Tataristondagi dron zavodiga zarba berdi

Бу ҳужум Украина чегарасидан қарийб 1000 км узоқда амалга оширилган. Украина Бош штабига кўра, ушбу заводда Эронда ишлаб чиқилган «Шаҳид» дронлари йиғилади, синаб кўрилади ва Украина ҳудудига, айниқса, энергетика ва фуқаролик инфратузилмасига қарши қўлланилади.

Asalari chaqishi milliarderni o‘ldirdi: BAA shifokorlari hasharot kam uchraydigan yurak xavflariga sabab bo‘lishi haqida ogohlantirmoqda

Ҳиндистонлик саноатчи ва Sona Comstar компаниясининг раиси Сунжай Капурнинг вафоти асалари чақиши натижасида юзага келган юрак хуружидан келиб чиққан бўлиши мумкинлиги ҳақида хабарлар тарқалди.

Isroil elchisi: "Eronning xohish va imkoniyatlarini yo‘q qilmaguncha urush tugamaydi"

Бу ҳақда ТАСС хабар берди.

Makron: "Rossiya Isroil — Eron mojarosini hal qiladi? Uning o‘zi buzg‘unchi-ku!"

Франция президенти Эмманюуэль Макрон АҚШ президенти Дональд Трамп таклиф қилган Россиянинг Исроил ва Эрон ўртасида воситачилик қилиши ғоясига қарши чиқди.

Eronga qo‘shni davlatlar xavotirda. Ular nimadan qo‘rqmoqda?

Бу ҳақда Bloomberg агентлиги юқори мартабали манбаларга таяниб хабар бермоқда.

Ukraina va Yevropa Rossiyaga qarshi qonli "operasiya" tayyorlamoqda — manba

Ҳозирда Киев британияликлар билан биргаликда Болтиқ денгизи ҳудудида провокациялар тайёрламоқда.

Isroil Eronga qarshi urush uchun Rossiyaning xatolarini o‘rgandi — WSJ

The Wall Street Journal ёзишича, Исроилнинг Эронга қарши ҳарбий кампанияси Россиянинг хатолари ва Украинадаги муваффақиятларни ҳисобга олган.

Rasman! Kabul Dusovga yakuniy sud hukmi e’lon qilindi

Бугун жиноят ишлари бўйича Шайхонтоҳур туман судида К. Дусовга (1984 йилда Самарқанд вилоятида туғилган, муқаддам судланган) оид жиноят ишини кўриб чиқиш бўйича очиқ суд жараёни якунланиб, суд ҳукми эълон қилинди.

Yaqin sharqdagi mojarolar fonida oltin narxi rekord ko‘rsatkichga yaqinlashmoqda

15 июнь куни қимматбаҳо металл нархи троя унцияси учун 3 450 долларга чиқиб, апрелдаги рекордга яқинлашди ва 1 грамм учун нарх 110 доллар атрофида бўлган. Хусусан, 12 июн ҳолатига олтин нархи ўтган йилга нисбатан қарийб 30 фоизга ошган.

Turkmaniston AQShning qarorini "noto‘g‘ri qadam" deya baholadi

Туркманистон ташқи ишлар вазирлиги АҚШнинг Туркманистон фуқароларига мамлакатга киришни қисман тақиқлашига катта ҳайрат ва ташвиш билдирмоқда.

Isroil g‘azabda: Parijda Isroilning to‘rtta asosiy qurol stendi yopildi

Бу қарор Исроил томонидан қаттиқ танқид қилинди ва икки анъанавий иттифоқчи давлат ўртасида кескинлашиб бораётган муносабатларни янада ойдинлаштирди.