Isroil armiyasi o‘zini himoya qilish doirasida G‘azo sektoridagi amaliyotini kengaytirmoqda, biroq garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishilsa, “harakatlarini tuzatishga” tayyor.
Bu haqda Isroil armiyasi bosh shtabi boshlig‘i Eyal Zamir anklavdagi tezkor yig‘ilish yakunida ma’lum qildi.
"Operasiyamizni kengaytiramiz, qo‘shimcha hududlarda operativ nazorat o‘rnatamiz, HAMAS harakati to‘liq mag‘lub bo‘lgunga qadar terror infratuzilmasini tozalaymiz va yo‘q qilamiz. Biz o‘zimizni mudofaa sifatida harakat qilyapmiz, o‘zimizni himoya qilish uchun esa hujum qilishimiz kerak. Chegaraning narigi tomonidagi tahdidlarni aniq va qat’iy bartaraf qilmagunimizcha, o‘zimizni himoya qila olmaymiz”, - dedi Zamir.
Uning ta’kidlashicha, G‘azoda garovga olinganlarni ozod qilish kampaniyaning asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib qolmoqda. “Agar (ularni ozod qilish bo‘yicha) kelishuv bo‘lsa, ID o‘z harakatlarini shunga yarasha o‘zgartirishi mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi shtab boshlig‘i.
Bosh shtab rahbari, shuningdek, G‘azoda sodir bo‘layotgan barcha voqealar uchun mas’uliyatni yana bir bor XAMASGA yukladi va bu urush 2023 yil 7 oktyabrdagi hujum tufayli “Isroilga majburlangani”ni ta’kidladi. Shu bilan birga, Zamir Isroil harbiylari qat’iy huquqiy me’yorlar doirasida harakat qilayotganiga ishontirdi va bu boradagi har qanday tanqidni rad etdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Франция президенти Эмманюуэль Макрон АҚШ президенти Дональд Трамп таклиф қилган Россиянинг Исроил ва Эрон ўртасида воситачилик қилиши ғоясига қарши чиқди.
Бугун жиноят ишлари бўйича Шайхонтоҳур туман судида К. Дусовга (1984 йилда Самарқанд вилоятида туғилган, муқаддам судланган) оид жиноят ишини кўриб чиқиш бўйича очиқ суд жараёни якунланиб, суд ҳукми эълон қилинди.