Eron oliy rahnamosi islomiy mamlakatlarni Isroilni izolyasiya qilishga chaqirdi

Eron oliy rahnamosi islomiy mamlakatlarni Isroilni izolyasiya qilishga chaqirdi

Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Seyyid Ali Xomanaiy dunyo musulmon davlatlarini birlashishga, Isroil bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalarni cheklashga chaqirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda .

Eronning yuqori martabali rasmiylari va Xalqaro Islom birligi konferensiyasi ishtirokchilari shanba kuni Eron oliy rahbari Oyatulloh Seyyid Ali Xomanaiy bilan uchrashdi. Uchrashuv Tehronda bo‘lib o‘tdi.

Oyatulloh ta’kidlaganidek, «sionist rejim uyatsiz va ochiqchasiga G‘azo sektori, G‘arbiy Sohil, Livan va Suriyada jinoyatlar qilmoqda». Musulmonlar jamiyati «ichki kuchini ishga solishi», Isroil bilan siyosiy munosabatlarni cheklashi va iqtisodiy aloqalarini uzishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!