O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasidagi nutqi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasidagi nutqi

Hurmatli do‘stlar!

Xonimlar va janoblar!

Bugun dunyoda globallashuv tobora kuchayib, ziddiyatli va tahlikali jarayonlar ko‘payib borayotgani hech kimga sir emas. Bunday murakkab vaziyatda davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi muloqot, o‘zaro tushunish va hamkorlikni mustahkamlashda sportning beqiyos o‘rni bor.

Tinchlik va do‘stlik elchisi bo‘lgan sportning butun bashariyatni, jumladan, biz yashayotgan Osiyo qit’asi xalqlarini birlashtirishdagi o‘rni va ta’sirini hech narsa bilan o‘lchab, baholab bo‘lmaydi.

Osiyo Olimpiya Kengashi qit’amizning 4 milliard 800 milliondan ortiq aholisini birlashtirib, Olimpiya harakatining do‘stlik, o‘zaro hurmat, adolat va tenglik kabi ezgu g‘oyalarini faol targ‘ib etmoqda. Sizlar mintaqamizdagi ijobiy o‘zgarishlarga ulkan hissa qo‘shib, sport diplomatiyasi orqali “Jipslashgan Osiyo” namunasini ko‘rsatib bermoqdasiz.

Fursatdan foydalanib, bizga yuksak ishonch bildirib, Osiyo Olimpiya Kengashining 46-Bosh Assambleyasini mamlakatimizda o‘tkazayotgani uchun Kengash rahbariyatiga O‘zbekiston Prezidenti va Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbari sifatida alohida minnatdorlik bildiraman.

Bugun mana shunday tarixiy anjumanda Sizlar bilan go‘zal va betakror yurtimiz zaminida uchrashib turganimizdan mamnunman.

O‘zbekistonga xush kelibsiz!

Hurmatli assambleya ishtirokchilari!

Bugun cizlar qit’amizda o‘zaro ishonch, ahillik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilayotgan yirik platforma – Osiyo Olimpiya Kengashining Bosh Assambleyasida juda ko‘p masalalarni muhokama qildingiz. Shular qatorida aynan Toshkent shahrida Kengashning Prezidenti lavozimiga saylov bo‘lib o‘tayotgani ham, shubhasiz, ulkan tarixiy voqeadir.

Ushbu yuksak lavozimga bir ovozdan saylangan Shayx Jav’an bin Hamad ol Soniy Hazrati Oliylarini samimiy qutlashga ijozat bergaysiz.

O‘tgan yili aprelda – bugun yangi saylangan Prezident bilan uchrashuvimiz chog‘ida sportni rivojlantirish borasida sermazmun suhbat qilgan edik. Shayx Jav’an hazratlari Milliy Olimpiya qo‘mitalari assosiasiyasining birinchi vise-prezidenti sifatida Qatarda futbol va suv sporti bo‘yicha jahon chempionatlari kabi ko‘plab yirik sport tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazgan, katta bilim va tajribaga ega shaxs. Bu inson o‘zining noyob salohiyati va samarali faoliyati bilan nafaqat Osiyo qit’asi, balki butun dunyoda sport rivojiga ulkan hissa qo‘shmoqda. Bugun Osiyo Olimpiya Kengashi mana shunday malakali nomzodni Prezident lavozimiga saylab eng to‘g‘ri qarorni qabul qildi, deb o‘ylayman.

Ishonamanki, Shayx Jav’an hazratlarining bevosita rahbarligida Osiyo Olimpiya Kengashining nufuzi bundan ham yuksaladi.

Hurmatli tadbir ishtirokchilari!

Biz so‘nggi yillarda Osiyo Olimpiya Kengashi bilan ko‘p qirrali hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga ko‘tardik. Jumladan, 2022 yilda Osiyo Olimpiya Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 77-sessiyasini mamlakatimizda muvaffaqiyatli o‘tkazdik. Ushbu nufuzli Tashkilot tomonidan O‘zbekiston vakili ilk bor Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vise-prezident etib saylandi.

2029 yilgi Yoshlar Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilish uchun aynan O‘zbekiston tanlanganini biz mamlakatimizga mas’uliyatli sport hamkori sifatida berilgan yuksak baho, deb qabul qilamiz. Bu ishonch esa bizga qo‘shni va qardosh bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlari bilan sport aloqalarini mustahkamlash uchun puxta zamin yaratmoqda.

Shu o‘rinda Osiyo Olimpiya Kengashi Bosh direktori va “World Aquatics” federasiyasi rahbari Husayn al-Musallam janoblari o‘zbek sportining uzoq yillik va ishonchli do‘sti ekanini alohida ta’kidlashni istar edim. Bu kishi 1993 yildan buyon yurtimizga muntazam tashrif buyuradi. O‘zbekistonga katta mehr qo‘yib, mamlakatimizning xalqaro sport bo‘yicha tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Janob Husayn al-Musallam nafaqat Osiyoda, balki xalqaro miqyosda o‘zining aql-zakovati, qat’iyat va irodasi, barchaga birdek munosabati bilan keng sport jamoatchiligi ishonchini qozongan. Suv sporti barcha turlarining butun dunyoda yangi bosqichga ko‘tarilgani bu fikrning yaqqol tasdig‘idir. Xususan, Los-Anjeles – 2028 Olimpiya o‘yinlarida suv sporti turlari dasturi 49 tadan 55 taga ko‘paygani, eng avvalo, rivojlanayotgan davlatlar uchun yangi imkoniyat bo‘ldi.

Kuni kecha yurtimizda “World Aquatics” federasiyasi Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi o‘tkazilib, uning Mintaqaviy filiali tashkil etilgani Markaziy Osiyo sport hamjamiyati uchun katta ko‘mak va madad bo‘lishi shubhasiz.

Ta’kidlash joizki, Osiyo Olimpiya Kengashi amalga oshirayotgan ishlarni butun dunyo sport jamoatchiligi har jihatdan tan olmoqda. Jumladan, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Kirsti Koventri xonimning Bosh Assambleyaga yo‘llagan videomurojaati ham bunga yaqqol misoldir.

Anjumanda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi vakillari sifatida Jeyms Makleod va Birlashgan kurash dunyosi prezidenti Nenad Lalovich ishtirok etayotgani ham ana shunday yuksak e’tiborning dalilidir.

Fursatdan foydalanib, Assambleya ishida biz bilan birga ishtirok etayotgan Xalqaro antidoping agentligi prezidenti Vitold Banka, Xalqaro gimnastika federasiyasi prezidenti Morinari Vatanabe, Og‘ir atletika federasiyasi prezidenti Muhammad Jalud, “World Boxing” prezidenti Gennadiy Golovkin, Chim ustida hokkey federasiyasi prezidenti Muhammad Tayyab Ikram, Xalqaro qilichbozlik federasiyasi vise-prezidenti Anna Delgado, Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi raisi Majid Rashid, Milliy Olimpiya qo‘mitalari assosiasiyasi Bosh kotibi Gunilla Lindberg, Afrika Olimpiya qo‘mitalari assosiasiyasi prezidenti Mustafo Berraf janoblariga alohida tashakkur aytaman.

Bundan tashqari, anjumanimizda biz bilan bir safda turgan qadrli mehmonlarimiz – AQSh Prezidentining maxsus vakili Paolo Zampolli, Rossiya Federasiyasi sport vaziri Mixail Degtyarev, Saudiya Arabistoni sport vaziri Shahzoda Abdulaziz bin Turki ol Saud, Qatar yoshlar va sport vaziri Shayx Hamad ol Soniy, Iordaniya Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Shahzoda Faysal al-Hussayn, Bruney Dorussalom Milliy Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Shahzoda Sufri Bolqiyax, Butan Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Shahzoda Jigyel Ugyen Vangchuk, Kuvayt Milliy Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Shayx Fahad Saboh as-Saboh hazratlariga ham o‘z hurmatimizni bildiramiz.

Qadrli mehmonlar!

Biz Yangi O‘zbekistonda yoshlarimizni xalqaro olimpiada harakatining gumanistik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda, eng avvalo, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, milliy qadriyat va urf-odatlarimizga tayanamiz.

Bu haqda gapirganda, mashhur milliy eposimiz “Alpomish” dostonining bosh qahramonlari – mard va yengilmas pahlavon Alpomish hamda azmu shijoatli, jasur Barchinoy asrlar davomida yurtimizdagi millionlab yigit-qizlar uchun ideal namunasi bo‘lib kelayotganini ta’kidlash o‘rinlidir.

Shu ma’noda, sport dunyosiga, sport tarbiyasiga xos ezgu fazilatlar xalqimizning genetik kodida azal-azaldan mavjud, desam, yanglishmagan bo‘laman. Bunday xususiyatlar sportchilarimizning jahon arenalarini zabt etishida katta tajriba, mahorat va ilhom maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda yurtimizda aholini ommaviy sport bilan qamrab olish darajasi 15 million kishiga yetdi. Aholining 60 foizini yoshlar tashkil etadigan mamlakatimiz uchun bu qanday katta ahamiyatga ega ekanini barchangiz yaxshi tushunasiz, albatta.

Biz, islohotlarimizning ilk kunlaridanoq, barcha sohalar qatori jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratdik. Olimpiya harakati targ‘ibotini eng quyi bo‘g‘indan boshlash va seleksiyani kengaytirish maqsadida uch bosqichli “Prezident Olimpiadasi” kompleks sport musobaqalari tizimini yo‘lga qo‘ydik. Bu musobaqalarning har bir bosqichiga xalqaro sport mezonlari va talablari tatbiq qilindi.

O‘tgan yili 100 gektarlik hududda barpo etilgan Olimpiya shaharchasi nufuzli sport tadbirlarini o‘tkazish uchun har tomonlama munosib maydonga aylandi.

Yaratilgan imkoniyat va sharoitlarga mos ravishda sport sohasidagi yutuqlarimiz ham o‘sib bormoqda. Parij – 2024 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sportchilarimiz 13-o‘rinni egalladi. O‘tgan yili jahon, Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida 50 dan ortiq o‘g‘il-qizlarimiz rekord natijalarni qo‘lga kiritdi. Yoshlarimiz 2025 yil Bahraynda o‘tkazilgan Osiyo Yoshlar o‘yinlari va Saudiyada Islom birdamligi musobaqalarida faxrli 2-o‘rinni egalladi.

So‘nggi yillarda yurtimiz og‘ir atletika, boks, dzyudo, eshkak eshish, voleybol, gimnastika, futzal kabi 10 dan ziyod sport turlari bo‘yicha jahon chempionati va kubogi musobaqalariga munosib mezbonlik qildi.

Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish, samarali seleksiya bo‘yicha yangi tizim yaratdik. Biz yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlash ishlarini bundan buyon ham izchil davom ettirish uchun zamonaviy sport infratuzilmalarini barpo etishga, sohaga raqamlashtirish va innovasiyalarni keng joriy qilishga, xalqaro standartlarni faol tatbiq etishga, sport diplomatiyasini kuchaytirishga katta e’tibor qaratamiz.

Bundan tashqari, halol sport tamoyiliga amal qilib, dopingga qarshi kurashning qat’iy tarafdori bo‘lib qolamiz. Bu borada Butunjahon antidoping agentligining adolatli siyosatini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz.

Bugun ushbu Agentlik tomonidan Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping tashkilotlarining yig‘ilishi va Xalqaro forum o‘tkazilayotgani muhim ahamiyatga ega. Ushbu tadbir mahalliy mutaxassislar uchun antidoping qoidalari bo‘yicha tajriba almashish imkoniyatini berishi shubhasiz.

Shuningdek, anjumanda qatnashayotgan xalqaro sport tashkilotlarida 50 dan ortiq yurtimiz vakillari samarali faoliyat yuritayotganini ham mamnuniyat bilan ta’kidlaymiz.

Tadbir doirasida Xalqaro va Osiyo sport tashkilotlari bizning milliy sport federasiyalarimiz bilan 20 dan ziyod muhim bitimlar imzolaganini ham olqishlaymiz. Ular o‘z yo‘nalishlarida har bir hududimizdan 1 tadan sport maktabini tanlab olib, haqiqiy namunaga aylantirish uchun ko‘maklashayotganidan minnatdormiz.

Misol uchun, Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi – Bo‘stonliq tumanida Akbar Jo‘rayev nomidagi og‘ir atletika sport klubini zamonaviy ilmiy yondashuv asosida rivojlantirish; Birlashgan kurash dunyosi tashkiloti – Mintaqaviy sport kurashlari akademiyasini tashkil etish; Osiyo voleybol konfederasiyasi – har bir viloyatimizda voleybol bo‘yicha 1 tadan sport klubini bunyod etish; Chim ustida hokkey xalqaro federasiyasi – Toshkent va Xorazm viloyatlarida 2 ta stadion qurish kabi aniq maqsad va natijaga yo‘naltirilgan kelishuvlarga erishgani quvonarlidir.

Mazkur loyihalarni to‘la-to‘kis amalga oshirish uchun mening joylardagi vakillarim bo‘lgan hokimlar va sport federasiyalarimiz rahbarlari shaxsan mas’ul bo‘ladi.

Ishonamanki, bunday yangi xalqaro hamkorlik mexanizmi sportimiz ravnaqiga beqiyos amaliy hissa qo‘shadi.

Hurmatli delegasiyalar a’zolari!

Endi sizlarning ishtirokingizda Olimpiya harakatini rivojlantirish, muhim sport tashabbuslarini ilgari surishga qo‘shayotgan alohida hissasi uchun Shayx Jav’an ol Soniy hazratlarini O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirlashga ijozat bergaysiz.

So‘zimning yakunida shuni alohida ta’kidlayman: Yangi O‘zbekiston barcha davlatlar bilan sport sohasida ko‘p qirrali hamkorlikka hamisha tayyor.

Bu sharafli yo‘lda sizlar kabi yaqin do‘stlarimizga eshiklarimiz ham, yuraklarimiz ham doimo ochiq.

Barchangizga ulkan kuch-g‘ayrat, omad va zafarlar tilayman.

Doimo sog‘-omon bo‘linglar!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

BMTda uyat va bema’nilik teatri

Жанговор ҳаракатларни зудлик билан тўхтатишга чақирувчи ҳужжат қабул қилинмади.

Erondagi vaziyatdan Markaziy Osiyoda eng ko‘p Tojikiston qiynalishi mumkin

Имкониятлари чекланган республика учун бу озиқ-овқат хавфсизлиги нуқтаи назаридан жиддий ҳажм ҳисобланади.

"Suv ostidan uchiriladigan va soniyasiga 100 metr tezlikka ega": Eron yangi turdagi raketalarini ishga solmoqchi

Эрон яқин кунларда жавоб зарбалари учун янги турдаги ракеталардан фойдаланиши мумкин.

MMA afsonasi Trampning Eron haqidagi gaplariga keskin javob qaytardi

Ўтмишдаги машҳур ММА жангчиси Жефф Монсон Эрон футбол терма жамоаси билан боғлиқ вазият ҳақида ўз фикрини билдирди.

Eron Isroilga o‘ta og‘ir ballistik raketalar bilan kuchli hujum uyushtirdi

Эрон Исроил ҳудудига ўта оғир баллистик ракеталарни қўллаган ҳолда кучли ҳужум уюштирди.

Tramp dunyo davlatlaridan yordam so‘radi

Қўшма Штатлар президенти Хитой, Франция, Япония ва бошқа давлатларни ҳудудда хавфсиз қатновни таъминлаш учун у ерга ҳарбий кемалар юборишга чақирди.

Eron AQShga yadroviy qurol dasturidan voz kechishni hujjatlashtirishni taklif qildi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арағчи бу ҳақда ижтимоий тармоқдаги саҳифасида маълум қилди.

«Real»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng «Manchester Siti» kiyinish xonasida nimalar bo‘ldi?

«Манчестер Сити» Чемпионлар лигаси доирасидаги «Реал»га қарши сафар ўйинида муваффақиятсизликка учради.

Eronning o‘rniga Jahon chempionatiga borishi mumkin bo‘lgan terma jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда ESPN нашри хабар бермоқда.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Gruziyada motam kuni e’lon qilindi

Бу ҳақда Грузия ҳукумати маъмурияти эълон қилди.

Eron Isroilning yuqori lavozimli amaldorini o‘ldirdi

Бу ҳақда Fars ахборот агентлиги хабар бермоқда.

Shahzod «Gold» nega qamaldi?

Гап шундаки ММА шоу жангларида чиқиб юрадиган блогер икки шериги билан 2025 йилнинг ноябр ойида Тошкентда Себзор кўприги устида машинада йўл талашиб, икки фуқарони калтаклаб, қочиб кетади.

Eron yana bir qo‘mondonning o‘limini tasdiqladi

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси баёнот берди.

Rossiya Eronga harbiy yordamni kuchaytirmoqda

Шу билан бирга, Москва Украина урушида тўплаган тажрибасига асосланиб дрон тактикаси бўйича маслаҳат бермоқда

Samarqandda xorijdan olib kelingan 38 kg narkotik moddalar musodara qilindi

Натижада, ундаги махсус тайёрланган хуфия жойда бўлган мармар тошлар орасига 9 кг 40 гр опий экстракцияси яширилганлиги аниқланди

“Roma” futbolchisi garovga olindi

Италиянинг AS Roma клуби футболчиси Нил Эль Айнауи уйига қуролли шахслар бостириб кириб, уни ва оила аъзоларини гаровга олди.

AQSh fuqaroligidan voz kechish to‘lovi arzonlashtirildi

АҚШда фуқароликдан чиқиш учун ундириладиган давлат божи кескин камайтирилди.

Eronda AQSh va Isroilga aloqador 55 kishi qo‘lga olindi

Tesnim агентлиги хабар беришича, операция Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси разведка бўлинмалари томонидан ўтказилган.

Farg‘onada "Energosavdo" muhandisi 9 ming dollar bilan qo‘lga olindi

Электр энергиясидан ноқонуний фойдаланганлик ҳолати бўйича расмийлаштирилган далолатнома юзасидан ҳисобланган жами 1,8 млрд сўм жарима суммасини 210 млн сўмга тушириб бериш эвазига 10 минг АҚШ доллари талаб қилади.

Turkiyada yetti yil avval bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi

Терговчиларнинг сўзларига кўра, ҳибсга олинган шахснинг кўрсатмалари билан тасдиқланганидек, у жасадни вақтинча балконда яширган, ўзига хос ҳидни қўшниларига каптар боқиш орқали боғлаган, шундан сўнг қолдиқларни маиший чиқиндиларни йиғиш тизими орқали йўқ қилган.

Pokiston Kobuldagi shifoxonaga zarba berdi

Афғонистон расмийларининг маълумоти бўйича камида 400 киши ҳалок бўлган ва тахминан 250 киши яраланган.

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol uyning 4-qavatidan tushib ketdi

Аёл Туркия фуқароси бўлган шахс билан шаръий никоҳ асосида турмуш қурган, бироқ ушбу никоҳ расмий тартибда қайд этилмаган. Никоҳ маросими Наманган вилоятининг Чуст туманида ўтказилган.

Tramp: «NATO — bu biz»

АҚШ президенти Дональд Трампнинг айтишича, НАТОнинг асосий кучи АҚШ ҳисобланади.

Jizzaxda direktor bilan til biriktirgan tezkor vakil ushlandi

Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш департаментининг (ИЖҚКД) катта тезкор вакилига нисбатан жиноят иши қўзғатилди.

Britaniyalik diplomat AQShning Erondagi operasiyasini muvaffaqiyatsizlik deb atadi

Буюк Британиянинг Ўзбекистондаги собиқ элчиси Крейг Мюррейнинг айтишича, АҚШ ва Исроилнинг Эронга қарши ҳарбий операцияси тўлиқ муваффақиятсизликка учраган.

Eronga aloqador xakerlar AQShga yirik kiberhujum uyushtirdi

The Wall Street Journal нашрининг хабар беришича, Эронга алоқадор деб ҳисобланган хакерлар АҚШда йирик киберҳужум уюштирган.

Starmer Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha ogohlantirish berdi

Буюк Британия бош вазири Кир Стармер Politico нашрига берган интервьюсида Эрон томонидан тўсиб қўйилган Ҳўрмуз бўғозини очиш осон бўлмаслигини маълум қилди.

Fransiya Trampning iltimosini rad etdi

Бу ҳақда манбаларга таяниб Financial Times нашри хабар берди.

Tramp Minobdagi maktab hujumi bo‘yicha AQSh javobgarligini rad etdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Эроннинг Миноб шаҳридаги мактабга қилинган ҳужумга АҚШнинг алоқаси борлиги ҳақидаги иддаоларни рад этди.

Prokuratura departamenti Samarqandda dorifurushlarni qo‘lga oldi

Нарпай туманида кучли таъсир қилувчи дори воситалари савдоси билан шуғулланиб келган шахслар ушланди.

Qoraqalpog‘istonda “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri mansabdori pora bilan ushlandi

Ҳозирда унга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Dubay xalqaro aeroporti yaqinida dron hujumidan keyin yong‘in kelib chiqdi

Полициянинг аниқлик киритишича, аэропортга олиб борувчи йўллар ва туннеллардаги ҳаракат вақтинча тўсиб қўйилган

Tramp nega Zelenskiyni «kelishish»ga chaqirmoqda?

Трамп яна бир бор Зеленскийдан Украинадаги урушни тугатиш учун келишувга боришни талаб қилди. АҚШ президентининг айтишича, Путин келишувга тайёр, аммо Зеленский рад этмоқда ва бу Трампни ҳайратга солмоқда.

Toshkent viloyatida haydovchi avtobusda "gashish" sotayotganda ushlandi

Тезкор тадбир давомида гумонланувчининг ёнидан ҳамда бошқарувидаги автобусдан яна тўққиз дона ўрам, жами 11 ўрамда 5 грамм гашиш гиёҳвандлик воситасини сотиш мақсадида сақлаб келгани аниқланган.