Uzoq kutilgan vaqt keldi: Islom sivilizasiya markazi faoliyatini boshladi

Uzoq kutilgan vaqt keldi: Islom sivilizasiya markazi faoliyatini boshladi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 19 sentyabrda BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida Toshkentda Islom sivilizasiyasi markazi bunyod etilayotgani haqida to‘xtalib, muqaddas dinimiz ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga, ilm-ma’rifat yo‘liga da’vat etishini, uni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlar bilan murosa qilib bo‘lmasligini alohida ta’kidlagan edi.

Ana shu yuksak g‘oya va maqsadlar asosida bunyod etilgan mazkur markaz xalqimizning uch ming yillik tarixi, bunyodkorlik salohiyati, jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasi, buyuk ajdodlarimizning madaniy-ma’rifiy merosini chuqur o‘rganish va keng ommalashtirishga xizmat qiladi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi o‘zining mahobati, maydoni va qamroviga ko‘ra, dunyoda islom tarixi, madaniyati va sivilizasiyalarini o‘rganish hamda targ‘ib etishga qaratilgan yirik majmualardan biri hisoblanadi.

Uzoq kutilgan vaqt keldi: Islom sivilizasiya markazi faoliyatini boshladi

U Toshkentning mashhur Hazrati Imom majmuasi hududidagi 10 gektar maydonda barpo etilgan. Bino uch qavatdan iborat bo‘lib, uzunligi 161 metr, eni 118 metrni tashkil etadi. Gumbazining balandligi 65 metr, umumiy foydalanish hududi esa 42 ming kvadrat metrdan ziyod. Bu kabi noyob ko‘rsatkichlar uni “Ginnessning rekordlar kitobi”ga kiritish uchun ham asos bo‘lmoqda.

Markaz binosi Prezident Shavkat Mirziyoyevning me’moriy g‘oya va takliflari asosida loyihalashtirilgan. Bunyod etish jarayonida davlatimiz rahbari ushbu majmuaga bir necha bor tashrif buyurib, uning mazmunan va shaklan yanada mukammal bo‘lishi yuzasidan qimmatli tavsiya va maslahatlarini ulashdi. Xususan, 2025 yilning o‘zida Prezidentimiz markazga bir necha marta kelib, ekspozisiyalar, infratuzilma, ma’rifiy va ilmiy yo‘nalishlarni takomillashtirish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar berdi.

Markaz qadimiy va milliy me’morchilik an’analari asosida qurilgan bo‘lib, unga to‘rt tomondan – to‘rt asosiy portal orqali kirish mumkin. Ushbu portallar va binoning tashqi ravoqlari ilm-ma’rifat, bag‘rikenglik, insoniylik va ota-onaga hurmat mazmunidagi Qur’on oyatlari hamda hadislar bilan bezatilgan.

Quyi qavatda bolalar uchun maxsus platforma, restavrasiya hamda elektron nusxa olish laboratoriyasi, muzey eksponatlari va nodir qo‘lyozmalarni saqlash fondlari, zamonaviy kafeteriy va muzey vestibyullari joylashgan.

Birinchi qavatdan qariyb 8 ming 350 kvadrat metrlik ko‘rgazma zaliga ega muzey va 550 o‘rinli anjumanlar zali o‘rin olgan. Ikkinchi qavatda esa qo‘lyozma va toshbosma manbalar, bosma va elektron adabiyotlar fondiga ega kutubxona, o‘quv zallari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va ilmiy muassasalar uchun sharoit yaratilgan.

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev ana shunday ulkan ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega majmuaga yana bir bor tashrif buyurib, yaratilgan sharoitlar, boy ekspozisiyalar va yangi tashabbuslar bilan tanishdi.

Dastlab davlatimiz rahbari Qur’oni karim zaliga kirib, mazkur maskanda yaratilgan ma’naviy muhit va noyob ekspozisiyalarni ko‘zdan kechirdi. Ushbu zal, ta’bir joiz bo‘lsa, O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazining ma’naviy qalbi hisoblanadi.

Gumbaz ostida maxsus mepping gologrammasi yaratilgan bo‘lib, unda avval koinot tasviri namoyon bo‘ladi, osmondagi yulduzlar jilolanadi. E’tiborlisi, gumbaz ostidagi yulduzlar kompozisiyasi Toshkent osmonida tunda ko‘rinadigan yulduzlar xaritasi asosida shakllantirilgan. Ularni ifoda etish uchun 90 dona “svarovskiy” toshi va 650 dan ortiq chiroqlardan foydalanilgani mazkur zalga alohida ulug‘vorlik bag‘ishlagan.

Bu yerda Usmon Mushafi bilan bir qatorda yurtimizga tegishli bo‘lgan, turli sulolalar davrida yaratilgan 114 ta nodir Qur’on qo‘lyozmasi jamlangan. Ular orasida somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar, temuriylar, shayboniylar va boshqa davrlarga mansub noyob nusxalar bor. Bu qo‘lyozmalar Sharq kitobat san’atining yuksak namunalari sifatida nafaqat diniy, balki ulkan tarixiy, ilmiy va badiiy qimmatga ham ega. Zaldagi zamonaviy vitrinalarda xalqimiz orasida asrab-avaylab saqlanib kelingan va markaz fondiga taqdim etilgan asl qo‘lyozmalar ham munosib o‘rin olgan.

Qayd etilganidek, markaz tamal toshi qo‘yilganidan 2025 yilga qadar uning fondidagi qadimiy manbalar soni 2 mingdan oshdi, nodir Qur’on qo‘lyozmalari esa 60 tadan ziyodga yetdi. Ularning barchasi xalqimizdan jamlangan va xalqaro auksionlar orqali xarid qilingan. Bu borada amalga oshirilgan ishlar milliy va diniy merosimizni qayta tiklash, tarqoq holda saqlanayotgan bebaho manbalarni Vatanga qaytarish, ularni ilmiy muomalaga kiritish va kelajak avlod uchun asrab qolish yo‘lidagi teran yondashuvni yaqqol namoyon etmoqda.

Prezidentimizga ekspozisiyadan o‘rin olgan ayrim alohida qimmatli qo‘lyozmalar haqida ham ma’lumot berildi. Jumladan, 1589 yilda xattot Sulton Muhammad tomonidan sakkiz burchak shaklida ko‘chirilgan va tumor sifatida ham ishlatilgan “Bozuband” Qur’on qo‘lyozmasi, XVII asrga mansub, safaviylar davri xattotlik va kitobat san’atining yetuk bosqichini aks ettiruvchi juda nafis bezakli nusxa, 1872 yilda xattot Muhammad ibn Abd al-Hadi tomonidan mag‘ribiy xat uslubida ko‘chirilgan noyob qo‘lyozma, shuningdek, XII-XIII asrlar chegarasida saljuqiylar davrida xattot Muhammad Sodiq ibn Muhammad Shafiy tomonidan nasx xatida ko‘chirilib, satrlar orasiga forsiy tarjimasi berilgan nodir nusxa shular jumlasidandir. Ayrim qo‘lyozmalarda Samarqand, Hirot va Buxoro kitobat maktablarining an’analari yaqqol namoyon bo‘lishi qayd etildi.

Uzoq kutilgan vaqt keldi: Islom sivilizasiya markazi faoliyatini boshladi

Shundan so‘ng Prezidentga muzeyga tashrif buyuruvchi mehmonlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish ishlari taqdimot qilindi.

Markaz qisqa muddat ichida xalqaro nufuzli tashkilotlar va nashrlar tomonidan e’tirof etilayotgani ta’kidlandi. Xususan, markaz Fransiyaning Avisenna mukofotiga sazovor bo‘lgan, AQShdagi Smitson institutining “Smithsonian Magazine” nashri talqiniga ko‘ra, 2026 yilda dunyoda eng katta qiziqish bilan kutilgan 10 ta muzeydan biri sifatida e’tirof etilgan. Shuningdek, “Condé Nast Traveler” nashri uni 2026 yil iyun oyida tashrif buyurish mumkin bo‘lgan muzeylar ro‘yxatiga kiritgan, BBC Travel esa dunyodagi eng ko‘p kutilgan muzeylar qatoriga qo‘shgan.

Markazda tashrif buyuruvchilarga xalqaro standartlar asosida xizmat ko‘rsatish uchun tarqatma materiallar, broshyuralar va kitoblar tayyorlangan. O‘zbekiston muzey amaliyotida ilk bor xalqaro ekspertlar jalb etilgan holda zamonaviy kimyo-fizik laboratoriyada barcha muzey ashyolarining kimyoviy tarkibi va yaratilganlik vaqti aniqlanib, ularning texnologik pasportlari tayyorlangan.

Xalqaro ISO standartlari asosida eksponatlar raqamlashtirilib, yagona elektron platformaga joylashtirilgan. YUNESKO va IKOM talablari, shuningdek, jahonning eng mashhur muzeylari tajribasi asosida eksponatlarning 8 yo‘nalishdagi etiketaj etalonlari va tasniflari yaratilgan. Har bir eksponatga QR-kodlar joylashtirilishi natijasida tashrif buyuruvchilar mobil telefon yoki planshet orqali ularning video va audio kontenti bilan dastlab 3 tilda, keyinchalik esa 8 tilda tanishish imkoniga ega bo‘ladi.

Taqdimotda “Har kim uchun ochiq muzey” konsepsiyasi asosida markazni ijtimoiy integrasiya maydoniga aylantirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Kelgusida barcha eksponatlarga maxsus elektron chiplar o‘rnatish, ko‘zi ojiz insonlar eksponatga yaqinlashganda audiogid orqali ma’lumotni avtomatik eshitish tizimini joriy etish, Bluetooth mayoqchalari yordamida bino ichida mustaqil harakatlanish imkoniyatini yaratish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Britaniya, Luvr va Metropolitan muzeylaridagi kabi robotgidlar, planshetlar orqali video va audio tanishuv, audiogidlar, radiogidlar va yo‘nalish ko‘rsatuvchi quloqchinlardan foydalanish ko‘zda tutilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, markazga bir kunda o‘rtacha 5 ming nafarga yaqin tashrif buyuruvchi kelishi kutilmoqda. Markaz va muzeyning xalqaro standartlar asosida to‘laqonli faoliyat yuritishi uchun 400 dan ziyod xodim talab etilishi, ayni paytda maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan 100 dan ortiq nazoratchi va 30 dan ziyod ekskursovodlar faoliyat yuritayotgani, 10 ta davlatdan tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun alohida gid matnlari ishlab chiqilgani ham qayd etildi.

Shundan keyin davlatimiz rahbari markaz binosining ikkinchi qavatida O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Tashrifning navbatdagi qismida Prezidentimiz markaz kutubxonasini ko‘zdan kechirdi.

Kutubxonaning umumiy maydoni 3 ming 105 kvadrat metrni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda uning fondi 45 ming 150 tadan ziyod adabiyotni qamrab olgan bo‘lib, shundan 2 ming 609 tasi nodir nashrlardan iborat. Bundan tashqari, kutubxonada 350 mingta elektron adabiyot mavjud. U bir vaqtning o‘zida 310 nafar foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Olimlar va professorlar uchun alohida 4 ta xona tashkil qilinib, ularning ilmiy faoliyat olib borishi uchun barcha zamonaviy texnika va qulayliklar yaratilgan.

Kutubxona bo‘limlaridan biri 22 nafar ma’rifatparvar jadid bobolarimizning merosiga bag‘ishlangan. Jadidlarning fotoportretlari joylashtirilgan kitob javonlarida esa ular tomonidan yaratilgan va faoliyatiga oid nodir adabiyotlar o‘rin olgan.

Uzoq kutilgan vaqt keldi: Islom sivilizasiya markazi faoliyatini boshladi

Shuningdek, kutubxona fondini O‘zbekistonning ulug‘ mutafakkir olimlari hayoti va ijodi, ular tashkil etgan ilmiy maktablar to‘g‘risidagi noyob nashrlar bilan boyitish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, buyuk allomalarimizning qo‘lyozma va toshbosma asarlarining ilk nashrlari, ularning ilmiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan noyob tadqiqotlar va sharhlar xarid qilinib, fondga qo‘shilgan. Bu ishlar xorijiy auksionlar, ilmiy muassasalar, xususiy kolleksiyalar hamda xalqimiz tomonidan keltirilgan manbalar hisobiga muntazam davom ettirilmoqda.

Kutubxonadan Yevropa nodir nashrlari ham o‘rin olgan bo‘lib, ularda lotin tilidagi musulmon sulolalari, turkiy xalqlar tarixi, Sharq xalqlariga oid ensiklopediyalar, Xuroson va Movarounnahrga bag‘ishlangan sayohatnomalarning XX asrgacha bo‘lgan davrda chop etilgan nusxalari mavjud. Shu bilan birga, shaxsiy kolleksiyalardan xarid qilingan qo‘lyozmalar, Nosiruddin Rabg‘uziyning “Qisas ul-anbiyo” asari, Alisher Navoiyning XIX asr boshlarida Toshkentda ko‘chirilgan devonlari, Mavlono Jaloliddin Rumiy asarlarining turkiy tildagi tarjimalari kabi nodir manbalar ham kutubxona mazmunini yanada boyitgan.

Kutubxonada imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun ham alohida sharoit yaratilgani haqida axborot berildi. Xususan, ko‘rish qobiliyati cheklangan yoki zaif ko‘ruvchi insonlar uchun maxsus xonalar, ixtisoslashgan dasturlar, printer va qurilmalar o‘rnatilgan, ular uchun Brayl yozuvidagi 1000 dan ortiq adabiyot keltirilgan. O‘zbekistonda ilk bor aynan shu kutubxonada ovozdan xoli kabinalar tashkil etilgan bo‘lib, ular foydalanuvchilarning onlayn muloqot olib borishida atrofdagilarga xalaqit bermaslik, shu bilan birga, suhbat va shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, “Sonic chair” audio resurslar uchun zamonaviy qurilmasi nafaqat mamlakatimizda, balki Markaziy Osiyoda ham birinchi marta shu yerda joriy etilgan.

Kutubxona hududida kitobxonlar uchun yashil maydon, nusxa ko‘chirish xizmati, individual shug‘ullanish uchun maxsus xonalar va bolalar uchun alohida maydon ham tashkil etilgan.

Shundan keyin Prezidentimiz markaz huzurida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-ma’rifiy platforma faoliyati bilan tanishdi.

Ma’lum qilinganidek, platforma doirasida bir qator nufuzli xalqaro tuzilmalar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. AYSESKO, IRSIKA, Oksford islom tadqiqotlari markazi, Fransiyadagi Temuriylar jamiyati, TURKSOY kabi xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda ular uchun ofis xonalari tashkil etilgan. Bu mahalliy olimlar va xorijiy tashkilotlar vakillarining hamjihatlikda tadqiqot olib borishi, qo‘shma loyihalar ishlab chiqishi va ma’rifiy tashabbuslarni amalga oshirishi uchun qulay muhit yaratadi.

Tashrif davomida davlatimiz rahbari markazga hadya etilgan va xorijdan xarid qilingan qimmatbaho tarixiy artefaktlar ko‘rgazmasi bilan ham tanishdi.

Qayd etilganidek, Prezidentimiz topshirig‘iga muvofiq, xorijdagi madaniy boyliklarni O‘zbekistonga qaytarish ishlari izchil olib borilmoqda. O‘tgan yilda Buyuk Britaniyadagi “Sotheby’s” va “Christie’s” kabi auksion uylari, art-dilerlar va shaxsiy kolleksionerlardan 700 dan ortiq artefaktlar sotib olingan. Shuningdek, turli muassasalar, tashkilotlar va homiylar tomonidan 1000 dan ortiq buyumlar hadya qilingan. Ularning asosiy qismi birinchi qavatdagi muzeyga joylashtirilgan.

Ekspozisiyada somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar, temuriylar va boshqa davrlarga mansub ko‘plab nodir artefaktlar namoyish etilgan. Xususan, X asr oxirlarida ishlangan, oltin suvi yuritilgan va somoniy sarkardasi Abu Mansur Sabuktekin nomi bitilgan kumush barkash, somoniylar davriga oid kumush piyola va mis siyohdon, Oltin O‘rda hukmdori O‘zbekxon davrida yasalgan, firuza toshlar bilan bezatilgan ayollar kamari, XIX asr usmoniylar davriga mansub “Alloh” va “Muhammad” ismlari bitilgan zardo‘zi kashtalar alohida e’tiborga molik ekani aytildi.

Uzoq kutilgan vaqt keldi: Islom sivilizasiya markazi faoliyatini boshladi

Prezidentimizga temuriylar davri kulolchilik namunalari, Madina shahrida Payg‘ambarimiz qabrlari ustiga yopilgan XIX asrga mansub ipak yopinchiq, Ka’ba eshigi ustida osilgan xizomaning tarixiy namunasi, katta hajmli “ona-so‘zana”, Amir Temur davrida ko‘chirilgan yirik Umar Aqto’ Qur’onining parchalari, temuriylar davri arxitektura yodgorliklariga tegishli koshin bo‘laklari, boburiylar davriga mansub qurol-aslaha, dubulg‘a, qalqon, qilich va sovut parchalari haqida ham axborot berildi.

Shuningdek, Amudaryo xazinasiga oid topilmalar haqida ham ma’lumot taqdim qilindi. 1877 yilda Buxoro amirligi hududidan topilgan va bugun Britaniya muzeyida saqlanayotgan ushbu betakror xazinaning ayrim qismlarini Londondagi savdo uylari orqali O‘zbekistonga olib kelishga muvaffaq bo‘lingan. Ular orasida VIII-IX asrlarda ishlangan so‘g‘d chavandozi tasvirlangan oltin pektoral, Baqtriya davriga mansub og‘irligi 666 gramm bo‘lgan ilon shaklidagi bilaguzuklar kabi noyob buyumlar bor.

Ekspozisiyada markazga hadya qilingan artefaktlar ham munosib o‘rin olgan. Xususan, Amerikada yashovchi sharqshunos olim Aleksandr Naymark Pahlavon Mahmud qo‘lyozmasini markazga tuhfa qilgani, bu qo‘lyozma Xiva xoni Muhammad Rahimxon Feruzning shaxsiy dastxati bilan ko‘chirilgani va uni o‘rganish jarayonida 70 dan ortiq yangi ruboiylar aniqlangani aytildi. Shuningdek, turli davrlarga mansub tangalar, taqinchoqlar, medalyonlar va boshqa tarixiy ashyolar, jumladan, Mayskiy xazinasi topilmalari ham ko‘rgazmadan joy olgan.

Umuman, tashrif chog‘ida mazkur markazning yurtimiz tarixi va madaniy merosini chuqur o‘rganish, asrab-avaylash va keng targ‘ib etish, islom dinining haqiqiy insonparvarlik va ma’rifatparvarlik mohiyatini ochib berish, ajdodlarimiz qoldirgan ulkan ilmiy va ma’naviy boylikni xalqaro miqyosda namoyon etish borasidagi ulkan salohiyati yana bir bor yaqqol namoyon bo‘ldi.

– Bugun o‘zligimizni anglash yo‘lida katta tantana bo‘ldi. Ming shukrki, to‘qqiz yil davomida niyat qilib, izlanib, harakat qilib, xalqimizning kimligini, tariximizni haqqoniy aks ettiradigan majmuani barpo etdik. Bu yerga kelgan har bir inson, ayniqsa yoshlarimiz, qanday ajdodlar avlodi ekanimizni bilishi, anglashi kerak.

Bu ulkan loyiha oddiy bir chizma emas. Uni yurak chizgan, mehr chizgan, orzu va armonlar chizgan. Qur’oni karim saqlanadigan muqaddas zal ham shunchaki yaratilgan emas. U yurakdan tug‘ilgan, xalqimizning orzu-intilishlari va buyukligini namoyon etish istagidan paydo bo‘lgan maskandir. Bu loyiha buyuk xalqimizning asl qiyofasini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ezgu niyatlar mahsulidir, – dedi Prezidentimiz.

Tashrif yakunida davlatimiz rahbari Islom sivilizasiyasi markazining Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat qoldirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erondagi vaziyatdan Markaziy Osiyoda eng ko‘p Tojikiston qiynalishi mumkin

Имкониятлари чекланган республика учун бу озиқ-овқат хавфсизлиги нуқтаи назаридан жиддий ҳажм ҳисобланади.

Gruziyada motam kuni e’lon qilindi

Бу ҳақда Грузия ҳукумати маъмурияти эълон қилди.

MMA afsonasi Trampning Eron haqidagi gaplariga keskin javob qaytardi

Ўтмишдаги машҳур ММА жангчиси Жефф Монсон Эрон футбол терма жамоаси билан боғлиқ вазият ҳақида ўз фикрини билдирди.

Eron Isroilga o‘ta og‘ir ballistik raketalar bilan kuchli hujum uyushtirdi

Эрон Исроил ҳудудига ўта оғир баллистик ракеталарни қўллаган ҳолда кучли ҳужум уюштирди.

Tramp dunyo davlatlaridan yordam so‘radi

Қўшма Штатлар президенти Хитой, Франция, Япония ва бошқа давлатларни ҳудудда хавфсиз қатновни таъминлаш учун у ерга ҳарбий кемалар юборишга чақирди.

Eron AQShga yadroviy qurol dasturidan voz kechishni hujjatlashtirishni taklif qildi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арағчи бу ҳақда ижтимоий тармоқдаги саҳифасида маълум қилди.

«Real»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng «Manchester Siti» kiyinish xonasida nimalar bo‘ldi?

«Манчестер Сити» Чемпионлар лигаси доирасидаги «Реал»га қарши сафар ўйинида муваффақиятсизликка учради.

Eronning o‘rniga Jahon chempionatiga borishi mumkin bo‘lgan terma jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда ESPN нашри хабар бермоқда.

Eron dunyoga o‘z shartlarini qo‘ymoqda

Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Netanyaxu eronliklar Navro‘zni xotirjam nishonlashi uchun Larijoniyni o‘ldirganini aytdi

“Ўтган 24 соат ичида биз ушбу мустабид тузумнинг энг юқори бўғинидаги иккита террорчи етакчисини йўқ қилдик. Бизнинг самолётларимиз террорчи гумашталарга бевосита ерда, чоррахаларда ва шаҳар майдонларида зарба бермоқда.

AQShning Eronga qarshi urushdagi xarajatlari 1 trillion dollardan oshishi mumkin

Таҳлилчиларнинг таъкидлашича, зарбаларнинг ҳозирги интенсивлиги сақланиб қолса ва қимматбаҳо ракеталар захираларини тўлдириш зарурати туғилса, якуний сумма Ироқ ёки Афғонистондаги кампания учун кўп йиллик харажатлар билан таққосланиши мумкин.

Eron Isroilga qarshi «qattiq qasos amaliyoti» boshlanganini e’lon qildi

Эрон Миллий хавфсизлик олий кенгаши ўз котиби Али Ларижонийнинг ҳалок бўлганини расман тасдиқлади.

Trampning kuyovi Jared Kushner Yaqin Sharqdagi urushdan milliardlar topmoqchi

New York Times маълумотига кўра, у Affinity Partners компанияси учун тахминан 5 миллиард доллар топишни режалаштиряпти.

Eron dushman energetikasini “yo‘q qilish” bilan tahdid qildi

IRIB маълумотига кўра, Эрон Қуролли Кучлари вакили Хотам ал-Анбия нефть иншоотларига қилинган ҳужумларга жавоб сифатида душманнинг барча энергетика инфратузилмаси йўқ қилинишини билдирди.

Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda AlmaU hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.

Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Шунингдек, автоҳалокатда жароҳат олган яна уч нафар ҳамюртимизга тезкор тиббий ёрдам кўрсатилган ва уларга шифохонадан жавоб берилган.

Namangan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlandi

Қарши туманида истиқомат қилувчи, 1965 й.т. шахс ўзининг яшаш хонадонида тегишли лицензиясиз дорихона ташкил қилиб, 82 турдаги жами 1520 дона меъёрий ҳужжати бўлмаган дори воситаларини сотиб келаётганлиги аниқланди.

Prezident farmoni bilan 392 nafar shaxs afv etildi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.

Afg‘oniston Pokistonga qarshi amallarni vaqtincha to‘xtatdi

Маълум қилинишича, бу қарор Қатар, Саудия Арабистони ва Туркиянинг илтимосига биноан қабул қилинган.

Isroil Eron razvedka vaziri Ismoil Xatibning o‘ldirilganini ma’lum qildi

Эрон президенти Масъуд Пезешкиён ушбу хабарни тасдиқлади.

Samarqandda xorijdan olib kelingan 38 kg narkotik moddalar musodara qilindi

Натижада, ундаги махсус тайёрланган хуфия жойда бўлган мармар тошлар орасига 9 кг 40 гр опий экстракцияси яширилганлиги аниқланди

“Roma” futbolchisi garovga olindi

Италиянинг AS Roma клуби футболчиси Нил Эль Айнауи уйига қуролли шахслар бостириб кириб, уни ва оила аъзоларини гаровга олди.

AQSh fuqaroligidan voz kechish to‘lovi arzonlashtirildi

АҚШда фуқароликдан чиқиш учун ундириладиган давлат божи кескин камайтирилди.

Eronda AQSh va Isroilga aloqador 55 kishi qo‘lga olindi

Tesnim агентлиги хабар беришича, операция Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси разведка бўлинмалари томонидан ўтказилган.

Farg‘onada "Energosavdo" muhandisi 9 ming dollar bilan qo‘lga olindi

Электр энергиясидан ноқонуний фойдаланганлик ҳолати бўйича расмийлаштирилган далолатнома юзасидан ҳисобланган жами 1,8 млрд сўм жарима суммасини 210 млн сўмга тушириб бериш эвазига 10 минг АҚШ доллари талаб қилади.

Turkiyada yetti yil avval bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi

Терговчиларнинг сўзларига кўра, ҳибсга олинган шахснинг кўрсатмалари билан тасдиқланганидек, у жасадни вақтинча балконда яширган, ўзига хос ҳидни қўшниларига каптар боқиш орқали боғлаган, шундан сўнг қолдиқларни маиший чиқиндиларни йиғиш тизими орқали йўқ қилган.

Pokiston Kobuldagi shifoxonaga zarba berdi

Афғонистон расмийларининг маълумоти бўйича камида 400 киши ҳалок бўлган ва тахминан 250 киши яраланган.

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol uyning 4-qavatidan tushib ketdi

Аёл Туркия фуқароси бўлган шахс билан шаръий никоҳ асосида турмуш қурган, бироқ ушбу никоҳ расмий тартибда қайд этилмаган. Никоҳ маросими Наманган вилоятининг Чуст туманида ўтказилган.

Tramp: «NATO — bu biz»

АҚШ президенти Дональд Трампнинг айтишича, НАТОнинг асосий кучи АҚШ ҳисобланади.

Jizzaxda direktor bilan til biriktirgan tezkor vakil ushlandi

Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш департаментининг (ИЖҚКД) катта тезкор вакилига нисбатан жиноят иши қўзғатилди.

Britaniyalik diplomat AQShning Erondagi operasiyasini muvaffaqiyatsizlik deb atadi

Буюк Британиянинг Ўзбекистондаги собиқ элчиси Крейг Мюррейнинг айтишича, АҚШ ва Исроилнинг Эронга қарши ҳарбий операцияси тўлиқ муваффақиятсизликка учраган.

Eronga aloqador xakerlar AQShga yirik kiberhujum uyushtirdi

The Wall Street Journal нашрининг хабар беришича, Эронга алоқадор деб ҳисобланган хакерлар АҚШда йирик киберҳужум уюштирган.

Starmer Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha ogohlantirish berdi

Буюк Британия бош вазири Кир Стармер Politico нашрига берган интервьюсида Эрон томонидан тўсиб қўйилган Ҳўрмуз бўғозини очиш осон бўлмаслигини маълум қилди.

Fransiya Trampning iltimosini rad etdi

Бу ҳақда манбаларга таяниб Financial Times нашри хабар берди.