Toshkent viloyati Nurafshon shahrida jamoat transporti haydovchisi giyohvandlik vositasini bevosita avtobus ichida sotayotganida qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1985-yilda tug‘ilgan L.D. jamoat transporti haydovchisi bo‘lib ishlagan. U Bobur ko‘chasida boshqaruvidagi xizmat avtobusi ichida shartli xaridorga ikki dona polietilen o‘ramdagi gashish giyohvandlik vositasini 400 ming so‘m evaziga sotayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan.
Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchining yonidan hamda boshqaruvidagi avtobusdan yana to‘qqiz dona o‘ram, jami 11 o‘ramda 5 gramm gashish giyohvandlik vositasini sotish maqsadida saqlab kelgani aniqlangan. Mazkur moddalar prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Уларнинг таъкидлашича, янги турдаги қуроллар, айниқса, учувчисиз учиш аппаратлари оммавий қўлланилаётган шароитда ҳам Т-72 ўзининг жанговар самарадорлигини сақлаб қолмоқда.
Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.
Маълумотларга кўра, ҳодиса Ролпа туманидаги Джалджала ҳудудида содир бўлган. Автомобил Шарқий Рукумдан келаётган зиёратчиларни олиб кетаётган бўлган ва тоғли ҳудудда йўлдан чиқиб, тахминан 800 метр баландликдан қулаган.
2026 йил 27 апрель куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси Президенти, профессор Актоти Раимқулова хонимнинг Туркиянинг Газиантеп шаҳрига амалга оширган хизмат сафари доирасида Газиантеп Катта Шаҳар ҳокими Фотма Шаҳин хоним билан учрашув бўлиб ўтди.