"Biz jonimizni fido qilishga tayyormiz"
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchining boshqa bayonotlari:
— Eron Oliy Milliy xavfsizlik kengashining marhum kotibi Ali Larijoniyning o‘rnini bosuvchi darhol topildi;
— Men nima uchun AQSh va Isroil hali ham Eron tizimi bardoshli va shaxslarga bog‘liq emasligini anglamaganliklarini tushunmayapman;
— Hatto asosiy shaxslarning o‘limi ham davlatning ishlashiga ta’sir qilmaydi — tizim har doim ishlashda davom etadi va tezda o‘rnini bosuvchilarni topadi;
— Ho‘rmuz bo‘g‘ozi Eron yaqinida joylashgan va biz dushmanlarning undan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaymiz;
— Urushdan keyin Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tish uchun yangi qoidalar va protokol ishlab chiqilishi kerak;
— AQSh bu mojaroga Isroil, xususan Netanyaxu tomonidan jalb qilindi;
— AQShda aniq maqsad yo‘q: uning ritorikasi doimiy ravishda o‘zgarib turadi — rejim o‘zgarishidan tortib Eronning taslim bo‘lishiga qadar;
— Ularning barcha harakatlari noto‘g‘ri hisob-kitoblarga asoslangan va endi ular o‘zlarini qiyin vaziyatda topmoqdalar;
— Taslim bo‘lishni talab qilganlar endi Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishda yordam so‘rashmoqda;
— AQSh o‘z xatosini tan olishi va tajovuzkorligini to‘xtatishi kerak.
