O‘zbekiston Prezidenti Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Ollohshukur Poshshozoda bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Ollohshukur Poshshozoda bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 oktyabr kuni Boku shahrida Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani qabul qildi.

Uchrashuvda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlash, konfessiyalararo muloqotni kengaytirish, ta’lim va yoshlarning ma’naviy tarbiyasi masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari bu boradagi xalqaro hamkorlik darajasi tobora yuksalib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Birgalikdagi sa’y-harakatlar zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi samarali kurashish, muqaddas islom dinining sof qadriyatlari va chinakam insonparvarlik maqsadlarini xalqaro hamjamiyatga yetkazishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, o‘z navbatida, O‘zbekiston Prezidentining islom olamining boy merosini o‘rganish va asrab-avaylash bo‘yicha tashabbuslarini va bu borada qabul qilinayotgan choralar samarali ekanini qayd etdi.

Ollohshukur Poshshozoda mamlakatlarimiz va butun mintaqada tinchlik, totuvlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash yo‘lida faol muloqot va hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!