Uzbekistan Airways 2024 yilning 1-yarmida jami qancha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatdi?

Uzbekistan Airways 2024 yilning 1-yarmida jami qancha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatdi?

2024 yilning 1-yarmida Uzbekistan Airways tomonidan xalqaro yo‘nalishlarda jami 2 346 000 yo‘lovchilarga, mahalliy yo‘nalishlarda esa jami 360 000 yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatildi. Bu haqda AJ axborot xizmati rahbari Dilorom Kaimbayeva xabar berdi.

Qayd etilishicha,2024 yilning 1-yarmida “Silk Avia” tomonidan jami 3 277 parvoz bajarilib, 168 798 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilgan.

- Joriy yilning iyun holatiga ko‘ra, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha aviaqatnovlar soni oshirildi:

- Toshkent-Termiz-Toshkent va Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishida parvozlar soni haftasiga 16 taga;

Toshkent-Qarshi-Toshkent va Toshkent-Farg‘ona-Toshkent yo‘nalishida parvozlar soni haftasiga 7 taga;

- Toshkent-Navoiy-Toshkent yo‘nalishida parvozlar soni haftasiga 5 taga yetkazildi.

1 iyuldan boshlab, haftasiga 7 marotaba Toshkent-Issiq-ko‘l-Toshkent yo‘nalishida muntazam parvozlar amalga oshirilmoqda.

12 iyuldan boshlab Toshkent-Termiz-Toshkent va Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishida parvozlar soni haftasiga, har bitta yo‘nalish bo‘yicha 21 taga yetkaziladi.

Zomin aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagi rekonstruksiya qilish ishlari yakunlangani munosabati bilan aviaqatnovlar qayta tiklanib, parvozlar har kuni Let L-410 havo kemasida amalga oshirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!