O‘z otasini o‘ldirgan xorazmlik qotil qizga jazo tayinlandi

O‘z otasini o‘ldirgan xorazmlik qotil qizga jazo tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 24-moddasiga ko‘ra, yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi, inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyat ekanligi qayd qilingan.

1996 yilda tug‘ilgan M.M (ismi o‘zgartirilgan) otasi S.M bilan o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal natijasida unga oshxona pichog‘i bilan zarba berib, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazishi natijasida S.Mning tuman tibbiyot birlashmasida vafot etishiga sababchi bo‘lgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangibozor tuman sudi raisi SH.Xo‘janiyozov raisligida o‘tkazilgan sud muhokamasida, sudlanuvchi M.M ning ayolligi, yoshligi, turmushga chiqmaganligi, marhum otasining o‘z qiziga nisbatan bo‘lgan nojo‘ya xatti-harakatlari va shu bilan bog‘liq oilasidagi nosog‘lom ma’naviy muxitning ta’siri inobatga olinib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK 104-moddasi 3-qismining d bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan JKning 57-moddasi qo‘llanilib, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!