Uxanga COVID-19 virusini chetdan olib kirgan ilk shaxs qayd etildi

Uxanga COVID-19 virusini chetdan olib kirgan ilk shaxs qayd etildi

Yangi turdagi koronavirusning ilk o‘chog‘i sifatida tarixda qoladigan Uxan shahriga ilk bor kasallikni chetdan olib kirgan shaxs qayd etildi. Bu xabarni sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi ma’lumotiga tayanga holda “RIA Novosti” tarqatgan.

Voqea 1 aprel kuni ro‘y berdi, ammo bemor qaysi mamlakatdan kirib kelgani ochiq aytilmagan. Taxminlarga qaraganda, xorijda zararlangan kishi avvaliga mamlakatning boshqa shahridagi aeroportga qo‘ngan va Uxangacha poyezdda yetib kelgan. Zero, shaharda tijoriy aviaqatnovlar 8 apreldan qayta tiklanadi, yo‘lovchi poyezdlar esa Uxanga kirib-chiqmoqda.

Xubey provinsiyasi Sog‘liqni saqlash qo‘mitasi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, 25 mart kuni yarim tunda hududga va hududdan qatnovlarga nisbatan qo‘yilgan taqiqlar olib tashlangan. Bundan faqat Uxan mustasno. Shahardagi karantin holati 8 apreldan bekor qilinadi.

Umumiy hisobda bugungi kungacha Xitoyga 806 fuqaro koronavirus infeksiyasini chetdan olib kirgan. Ularning 691 nafari hali tuzalmagan, 20 bemor og‘ir ahvolda, 115 kishi sog‘ayib chiqdi. Kasallikni xorijdan olib kirganlar orasida hozircha o‘lim holati qayd etilmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!