Ulug‘bek Azamov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘ldi

Ulug‘bek Azamov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘ldi

O‘zbekiston prezidentining 17 sentyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq, Ulug‘bek Ahmadovich A’zamov Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.

Ulug‘bek A’zamov (1981 y. t.) — 2002 yilda Buyuk Britaniyaning Surrey universitetini «Xalqaro turizm menejmenti va mehmondo‘stlik» yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. Tayinlovga qadar u O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!