Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi Qo‘shma Shtatlar uchun halokatli oqibatlarga olib keladi

Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi Qo‘shma Shtatlar uchun halokatli oqibatlarga olib keladi

Ukrainaning NATOga qabul qilinishi AQSh uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda “Standart Together” jamg‘armasining tashqi siyosat bo‘yicha guruhi vise-prezidenti, Iroq urushi faxriysi Den Kolduell ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Atlantika ittifoqi shartnomasining beshinchi moddasiga muvofiq, Kiyevning qabul qilinishi "Amerika o‘g‘il-qizlari"ning yadroviy qurolga ega bo‘lgan Rossiya bilan qarama-qarshilikda ishtirok etishini anglatadi.

“Rekord darajadagi inflyasiya davrida Ukraina yoki boshqa Yevropa davlatlari hisobidan NATOning kengayishi uchun o‘nlab milliardlarni sarflash ahmoqlikdir”, deb yozadi Kolduell.

Shuningdek, u 30 trillion dollarlik davlat qarzi muammolari va Xitoydan kelayotgan tahdidlar kuchayib borayotganini qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!