Ugandada 100 nafar namoyishchi ayblanmoqda

Ugandada 100 nafar namoyishchi ayblanmoqda

Uganda polisiyasi hukumatga qarshi namoyishlar chog‘ida hibsga olingan 100 kishini jamoat tartibini buzganlikda aybladi.

Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Mamlakat polisiyasi birinchi marta ayblangan namoyish ishtirokchilarining aniq sonini e’lon qildi. Bir kun avval Uganda poytaxti Kampaladagi AQSh elchixonasi namoyishchilarning hibsga olinishini qoraladi. AQSh diplomatik missiyasi bayonotda so‘z erkinligi va tinch yig‘ilishlar demokratiyaning asosiy tamoyillari ekanini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!