Ufada 33 yoshli o‘zbekistonlik ayol sobiq yigitini pichoqlab qo‘ydi

Ufada 33 yoshli o‘zbekistonlik ayol sobiq yigitini pichoqlab qo‘ydi

Ufada 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qotillikda gumonlanmoqda. Voqea yuzasidan jinoyat ishi ochilgan, deb xabar bermoqda mamlakat matbuot xizmati.

13 may kuni guvohlarning polisiyaga ma’lum qilishicha, turar joylardan birining yaqinida erkak kishini pichoqlab ketishgan. Voqea joyiga darhol maxsus xizmat vakillari yetib kelishdi.

Ayni paytda olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 13 may kuni o‘zaro janjal oqibatida 33 yoshli ayol o‘z sobiq yigitining chap bel qismiga pichoq bilan 4 marotaba zarba bergan. Hodisa o‘zbekistonlik ayol tomonidan sodir etilgani aytilmoqda, u voqea joyidan yashirinishga ulgurgan.

Tezkor xodimlar sa’y harakati natijasida ayol qo‘lga olingan. Surishtiruv ishlari davom etmoqda.

ca-news.org/news


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!