Turkiyaning janubi-g‘arbiy va janubi-sharqiy provinsiyalarida havoning keskin issishi kuzatilyapti

Turkiyaning janubi-g‘arbiy va janubi-sharqiy provinsiyalarida havoning keskin issishi kuzatilyapti

Turkiyalik sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, iyul-avgust oylarida butun Turkiyada havo harorati Selsiy bo‘yicha +43 darajagacha ko‘tarilib, rekord darajaga yetishi mumkin.

Turkiyada o‘tgan yili iyul oyida havo issiq bo‘ldi. Shundan so‘ng Istanbulda havo harorati +41 darajagacha ko‘tarilgan.

Bunday issiq ob-havo oxirgi 85 yil ichida rekord sifatida qayd etilgan. Meteorologlarning ma’lumotlariga ko‘ra, 1938 yilda eng yuqori harorat Selsiy bo‘yicha +40 daraja bo‘lgan.

Antaliya kurortida havo harorati +37 darajaga ko‘tarilgan, mamlakat g‘arbida – Izmir viloyatida esa +36 darajagacha ko‘tarilgan.

Issiqlik tufayli turk plyajlari tunda ham sayyohlar va mahalliy aholi bilan gavjum.

Turkiyaning janubi-sharqiy qismida termometrlar ayni damda rekordlarni yangilamoqda. Shanliurfa viloyatida havo harorati +49 darajagacha ko‘tarildi.

Odamlar soyada yashirinib, favvoralar va boshqa suv havzalarida cho‘milishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!