Turkiyada ilk temuriyzoda malika Shodmalik Sultonning qo‘li bilan yozilgan Qur’on qo‘lyozmasi topildi. Bu haqida Toshkentda o‘tayotgan O‘zbekiston madaniy merosi haftaligida ma’lum qilindi.
Noyob topilma Amir Temurning chevarasi, Temurning katta o‘g‘li Jahongir Mirzoning nevarasiga qizi tomonidan atab bitilgan.
Qo‘lyozmani topgan Istanbul universiteti doktori Emek Ushenmesning bildirishicha Anqarada Temurning nevarasi Jahongir Mirzo Boyazid bilan bo‘lgan jangda yaralanadi va Kaysera shahriga kelib vafot etadi. 1467 yil qizi malika Shodmalik Sulton o‘z qo‘llari bilan Qur’oni Karim oyatlarini qo‘lyozma shaklida yozib tugatadi. E’tiborli jihati bu temuriy malika tomonidan yozilgan birinchi Qur’on hisoblanadi. U ayni paytda Istanbuldagi Turk va islom asarlari muzeyida saqlanmoqda.
100 ga yaqin chet ellik olimlar yig‘ilgan madaniy meros haftaligida ushbu qo‘lyozmaning faksimilesi tayyorlanishi ma’lum qilindi. Undan tashqari haftalik doirasida Qur’oni Karimning qadimgi qo‘lyozma nusxalari haqida batafsil ma’lumot berilib, ularni turli shaklda O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi. Shuningdek haftalikning muhim voqeliklari sirasiga yana 700 yillik tarixga ega O‘zbekxon Qur’oni, Berlin kutubxonasida saqlanayotgan Boburiylarga tegishli albom kabi yuzdan ortiq yangiliklar kiradi.
O‘zbekistondagi Islom svilizasiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov bu kabi noyob qur’on qo‘lyozmalari hali ko‘pligini ma’lum qilib, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) bilan hamkorlikda Markaz binosining asosiy qismida, 67 metrlik gumbaz ostida, 114 ta O‘zbekistonga aloqador bo‘lgan eng qadimiy va bebaho Qur’on qo‘lyozmalari joylashtiriladi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha bo‘yicha qur’on qo‘lyozmalarining faksimile nusxalarini qaytarish chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Таиланднинг «Патум Юнайтед» клуби ҳужумчиси Игорь Сергеев январь ойида Осиё кубоги доирасидаги Австралия билан 3-тур ўйинида (1:1) тиззасидан жиддий жароҳат олиб сафдан чиққан эди.
Жорий нам ҳаво оқимлари 14 октябрь кундуз куни республиканинг катта қисмида, тунда ва 15 октябрь кундуз куни водийда ҳам 'яхшигина' тинимсиз ёмғир ёғдириши мумкин экан.
Якшанба куни эрталаб Украина 100 дан ортиқ дронларни Россиянинг ғарбий қисмидаги нишонларга, шу жумладан Москвага учирди, ҳар икки давлат расмийлари буни тасдиқлади.
Буюк Британия бош вазири Кей Стармер 21 октабр куни Самоада бўлиб ўтган Ҳамдўстлик саммитида қул савдоси учун узр сўрашдан бош тортди . Унинг сўзларини The Guardian келтирган .
Британия қироли Чарлз III турмуш ўртоғи қиролича Камилла билан Австралияга беш кунлик ташрифи чоғида жанжал марказида қолди . Бу ҳақда The New York Post хабар бермоқда .
Россия ИИВ Ахборот-коммуникация технологияларидан ноқонуний фойдаланишга қарши курашишни ташкил этиш бошқармаси фирибгарлар Telegram фойдаланувчиларига фотосурат ниқоби остида вирус юборишни бошлагани ҳақида огоҳлантирди.
Ҳиндистонда мамлакат пойтахти Янги Деҳлидан оқиб ўтадиган муқаддас Ямуна дарёси қалин заҳарли кўпик қатлами билан қопланган. Бу ҳақда Hindustan Times (HT) ёзади.