Nasistlar Nuseyrat lageridagi Al-Luhlar oilasining uyini portlatib, 15 kishini o‘ldirdi
Bombalanayotgan G‘azo: 433-kunning asosiy voqealari.
▪️Bosqinchilar Bayt Lahiya, Xon Yunis, Shayx Radvan, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 69 kishi halok bo‘ldi. Urush boshlanganidan buyon 44 805 kishi shahid bo‘ldi.
▪️Nasistlar Nuseyrat lageridagi Al-Luhlar oilasining uyini portlatib, 15 kishini o‘ldirdi, ularning aksariyati ayollar va bolalar edi.
▪️G‘arbiy Sohilda, Quddusdagi nazorat punktida avtobusning o‘qqa tutilishi natijasida 1 kelgindi o‘ldi, 3 tasi yaralandi. Nablusda bir falastinlik halok bo‘ldi.
▪️G‘azo Sog‘liqni saqlash vaziri: G‘azo Isroil dushmanining xunuk va jinoyatchi yuzini oshkor qildi. Shahidlarning jasadlari ko‘chalarda sochilib yotibdi, itlar yemoqda, ularni evakuasiya qilib bo‘lmaydi.
▪️Urush bolasi: G‘azo sektoridagi bolalarning 96 foizi o‘limlari yaqin ekanini his qiladi.
▪️Al-Qassam brigadalari: Jabaliya lagerining Al-Xalaf hududida sionist askarlarini yo‘q qildik. Nitsarim hududida bosqinchilar qarorgohiga hujum uyushtirildi.
▪️Amnesty International tashkiloti g‘azolik jurnalist Anas Sharifni 2024 yilgi Inson huquqlari himoyachisi mukofoti bilan taqdirladi.
▪️Gollandiya universitetlari xodimlari universitetlarning Isroil bilan aloqalarini uzish maqsadida ish tashlashdi.
▪️Irlandiya tashqi ishlar vaziri: Hukumatimiz Janubiy Afrikaning Xalqaro sudda Isroilga qarshi da’vosiga qo‘shiladi.
▪️Livan janubida bosqinchilarning hujumi natijasida 5 kishi halok bo‘ldi.
▪️Isroil bosqinchilari Suriyaning Quneytra qishlog‘idagi druzlar yashaydigan Hadar shaharchasiga bostirib kirdi.