Futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati Yevropa saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi 13 dekabr kuni bo‘lib o‘tdi.
Qur’adan avval terma jamoalar 5 ta savatga ajratildi. Saralashda ishtirok etuvchi jamoalar 12 ta guruhga taqsimlandi va har bir guruhda 4-5 ta jamoa o‘ynaydi.
JCH-2026ga guruh g‘olibi bo‘lgan 12 milliy jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oladi. Qolgan 4 ta yo‘llanma egasi 2026 yil mart oyida o‘tadigan pley-off o‘yinlari orqali aniqlanadi.
Unda guruh bosqichida ikkinchi o‘rinni olgan 12 jamoa va Millatlar ligasida guruh g‘olibi bo‘lib, chempionatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l ololmagan yoki pley-offga chiqmagan 4 ta eng yaxshi jamoa ishtirok etadi.
Qur’a yakunlariga ko‘ra, guruhlar quyidagi jamoalardan tashkil topdi:
A guruhi: Germaniya – Italiya o‘yini juftligi g‘olibi, Slovakiya, Shimoliy Irlandiya, Lyuksemburg.
B guruhi: Shveysariya, Shvesiya, Sloveniya, Kosovo.
C guruhi: Portugaliya – Daniya juftligi mag‘lubi, Gresiya, Shotlandiya, Belarus.
D guruhi: Fransiya – Xorvatiya juftligi g‘olibi, Ukraina, Islandiya, Ozarbayjon.
E guruhi: Ispaniya – Niderlandiya juftligi g‘olibi, Turkiya, Gruziya, Bolgariya.
F guruhi: Portugaliya – Daniya juftligi g‘olibi, Vengriya, Irlandiya, Armaniston.
G guruhi: Ispaniya – Niderlandiya juftligi mag‘lubi, Polsha, Finlyandiya, Litva, Malta.
H guruhi: Avstriya, Ruminiya, Bosniya va Gersegovina, Kipr, San-Marino.
I guruhi: Germaniya – Italiya juftligi mag‘lubi, Norvegiya, Isroil, Estoniya, Moldova.
J guruhi: Belgiya, Uels, Shimoliy Makedoniya, Qozog‘iston, Lixtenshteyn.
K guruhi: Angliya, Serbiya, Albaniya, Latviya, Andorra.
L guruhi: Fransiya – Xorvatiya juftligi mag‘lubi, Chexiya, Chernogoriya, Farer orollari, Gibraltar.
JCH-2026 saralash bosqichi 2025 yil mart oyidan noyabr oyigacha bo‘lib o‘tadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Қозоғистон Хитойдан Европага кетаётган 20 та юк машинасининг Россия чегарасида божхона блокадаси билан боғлиқ вазият туфайли РФга дипломатик нота юборди.
Жиноят ишлари бўйича Чилонзор туман судининг 2024 йил 22 ноябрдаги ҳукмига мувофиқ К. Дусов (1984 йилда Самарқанд вилоятида туғилган) Жиноят кодексининг 140-моддаси (ҳақорат қилиш) 3-қисми “а” бандида назарда тутилган жиноятни содир этганликда айбли деб топилиб, унга 1 йил муддатга озодликни чеклаш жазоси тайинланган эди.
Бундан олдин бир неча йил давомида Марказий разведка бошқармаси вирус табиий равишда ҳайвонлардан одамларга ўтганми ёки лабораториядан сизиб чиққанми ёки йўқлигини билиш учун етарли маълумотга эга эмаслигини айтган.