"Quit Like Sweden" tashabbus platformasi O‘zbekistonda sigaretning xavfsizroq alternativlarini taqiqlash sog‘liqni saqlash sohasida yillar davomida erishilgan yutuqlardan voz kechish xavfini tug‘dirishi mumkinligini ogohlantirmoqda.
2024 -yil 11 dekabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan tadbirda chekishni tashlash va zararni kamaytirishga bo‘yicha milliy va xalqaro ekspertlar hukumatning tamaki muqobillarini to‘liq taqiqlash bo‘yicha xavotir bildirishdi. Ushbu chora mamlakatdagi 2,5 million nafar chekuvchini chekishni davom ettirishga majbur qilib, ularni chekishni tashlashga yordam beradigan samarali vositalardan mahrum etishi mumkin.
Yaqinda Ipsos tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda nikotin paketlaridan foydalanuvchilarning uchdan ikki qismi sog‘lig‘ini yaxshilash, asosan chekishni tashlash uchun ulardan foydalanadi. Eng xavotirli tomoni shundaki, foydalanuvchilarning aksariyati, agar bu muqobillar mavjud bo‘lmasa, sigaret kabi zararliroq mahsulotlarga o‘tishini bildirgan.
Bu orada Shvesiya kabi davlatlar zararni kamaytirish strategiyalarini qabul qilib, muqobillarni qulay va arzon narxlarda taqdim etib kelmoqda. Natijada, Shvesiyada mahalliy aholining chekish darajasi atigi 4,3 foizga tushib, dunyoda birinchi bo‘lib «chekishdan xoli» davlat maqomini qo‘lga kiritdi. Solishtirish uchun, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 10,6 foizni tashkil etadi va har yili 18 500 dan ortiq odam tamaki bilan bog‘liq kasalliklardan vafot etmoqda.
O‘zbekistonlik iste’molchilarning deyarli to‘rtdan uch qismi nikotin paketlari chekish darajasini kamaytirishga yordam berishi mumkinligiga ishonadi. Bundan tashqari, uchdan ikki qismi hukumat kam zararli variantlarni, jumladan, nikotin paketlari, elektron sigaretlar va qizdiriladigan tamaki mahsulotlarini faol qo‘llab-quvvatlashi kerak deb hisoblaydi.
"Quit Like Sweden" asoschisi Sueli Kastro shunday dedi: «21-asrda hamon tamaki zararini kamaytirishda 20-asr usullaridan foydalanayotganimizni tasavvur qilish qiyin. Shvesiya, Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniya kabi davlatlar chekuvchilarni halokatli sigaretlardan xavfsizroq muqobillarga o‘tkazishni qo‘llab-quvvatlaydigan isbotlangan chora-tadbirlarni qabul qilib, sog‘liqni saqlash sohasida ijobiy natijalarga erishmoqda. O‘zbekistonda esa 2,5 million odam uchun bu imkoniyat yo‘qqa chiqishi mumkin.»
Shvesiyalik shifokor, Jahon Tibbiyot Assosiasiyasining sobiq raisi, Shvesiya Tibbiyot Assosiasiyasining sobiq prezidenti va bosh direktori bo‘lgan doktor Anders Milton shunday dedi: «Shvesiyaning chekish darajasini dunyodagi eng past darajaga tushirishdagi muvaffaqiyati tasodifiy bo‘lmadi. Bu ilmiy asoslangan zararlarni kamaytirish strategiyalarini qo‘llash va chekuvchilar uchun xavfsizroq muqobillarni qulay va ommabop qilish darajasini ta’minlash natijasidir. Ushbu yondashuv ko‘plab hayotlarni saqlab qoldi va chekish bilan bog‘liq kasalliklarni keskin kamaytirdi. O‘zbekiston ham ushbu isbotlangan modelni qabul qilib, jamoat salomatligi tarixini yaratish imkoniyatiga ega, yoki taraqqiyotga qarshi yuz o‘girishi mumkin.»
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Россияда шундай ҳудудлар борки, у ерда участка полиция инспекторлари лавозимларининг 90 фоизигача бўш, ва битта ходим тўққизта ходим ўрнига ишлашга мажбур бўлмоқда.
Москва Яманнинг “Ансоруллоҳ” гуруҳи билан алоқада экани, Исроил ва унинг иттифоқчиларига қарши амалиётларида унга ёрдам бериш учун қурол жўнатаётгани АҚШнинг ғазабини қўзғатди.
Украина президенти Владимир Зеленский маълум қилишича, бугунги ҳужум пайтида Россия қўшинлари Украинага қарийб 93 та ракета ва 200 га яқин учувчисиз қурилма учирган.
Россия Федерацияси ташқи ишлар вазири ўринбосари Александр Грушконинг таъкидлашича, Европа Иттифоқи Россияга қарши санкцияларнинг таъсирида катта иқтисодий зарар кўрмоқда.
Янги Сергели кўчасида содир бўлган ёнғин ҳақида маълумот 13 декабрь куни соат 16:12 да келиб тушган. Соат 16:19 да ёнғин-қутқарув гуруҳи воқеа жойига етиб келди.
Исроил ҳаво кучларининг Нусейрат қочқинлар лагерига уюштирган ҳужумида камида 25 фаластинлик ҳалок бўлди. Зарба АҚШ миллий хавфсизлик бўйича маслаҳатчиси Исроил ва ҲАМАС ўртасида ўт очишни тўхтатиш бўйича келишувга эришиш умидини билдирганидан бир неча соат ўтиб содир бўлган.
Германия канцлери Олаф Счолз Украинанинг Европа интеграцияси жараёнини ортга қайтариш мумкин эмаслигини айтиб, Россия президенти Владимир Путин ягона уруш мақсадига эришмаганини қўшимча қилди.
Путиннинг таклифлари қуйидагилардан иборат: Украина НАТОга қўшилмаслиги шарт ва Россия ўзи ҳозир Россияга қўшиб олганини эълон қилган Украинанинг тўртта вилоятининг бутун ҳудудига эга бўлиши керак.
Ташкилот конгрессида 2030 йилги мундиал бир вақтнинг ўзида олти мамлакат - Марокаш, Испания, Португалия, Аргентина, Уругвай ва Парагвайда ўтиши белгиланди.