Turkiyada 187 yong‘inning 15 tasi davom etmoqda — Erdog‘an

Turkiyada 187 yong‘inning 15 tasi davom etmoqda — Erdog‘an

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘anning aytishicha, 187 yong‘indan 15 tasi davom etmoqda.

"Sakkizinchi kun olovda. U to‘liq kuch bilan davom etmoqda. Mehmonxonalarda yonayotganlar bor. Biz evakuasiya qildik. Biz dengizdan va quruqlikdan evakuasiya qildik. Dunyoning boshqa ko‘p joylarida bo‘lgani kabi, mamlakatimizda ham o‘rmon yong‘inlari keskin oshdi. 8 kun ichida 187 ta yong‘in sodir bo‘lgan. 187 yong‘inning 15 tasi hanuzgacha davom etmoqda. Ularning aksariyati nazorat ostida, dedi prezident.

Unga ko‘ra, Milas viloyatidagi issiqlik elektr stansiyasida yong‘in xavfi bor. Vertolyotlar va samolyotlar o‘chirish ustida ishlamoqda. Agar kuchli shamol bo‘lmasa, olovni o‘chirish oson bo‘ladi.

28 iyuldan boshlab 13 ta viloyatda sodir bo‘lgan kuchli o‘rmon yong‘inlari tufayli, turistik mavsum o‘rtasida Turkiyaning ko‘plab mashhur kurortlari olov va tutun bilan qoplangan. Ba’zi joylarda olov turar joylar va mehmonxonalarga yaqinlashdi, sayyohlar va mahalliy aholi evakuasiya qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!