Turkiya Pokistonda sodir bo‘lgan so‘nggi terror hujumlarini keskin qoraladi

Turkiya Pokistonda sodir bo‘lgan so‘nggi terror hujumlarini keskin qoraladi

Turkiya so‘nggi paytlarda Pokistonda sodir bo‘lgan terror xurujlariga keskin qarshi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytiladi.

«Biz Pokistonda so‘nggi paytlarda sodir bo‘lgan teraktlarni keskin qoralaymiz. Halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz va jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz», — deyiladi xabarda.

Turkiya terrorizmga qarshi kurashda Pokiston xalqini har doim qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, xavfsizlik va barqarorlik sohasida qardosh Pokistonni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

26 mart kuni Pokiston shimoli-g‘arbidagi Xayber-Paxtunxva viloyatida sodir etilgan hujumda besh nafar xitoylik va bir pokistonlik xodim halok bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!