Turkiya janubi-g‘arbida beshta o‘rmon yong‘ini o‘chirilmoqda

Turkiya janubi-g‘arbida beshta o‘rmon yong‘ini o‘chirilmoqda

Turkiya janubi-g‘arbidagi Mug‘la viloyatida beshta o‘rmon yong‘ini o‘chirilmoqda. Ish quruqlikdan ham, havodan ham amalga oshiriladi.

6 ta samolyot, 39 ta vertolyot, ko‘p sonli o‘t o‘chirish mashinalari, suv moslamalari va boshqa uskunalar, shuningdek, mingdan ortiq o‘t o‘chiruvchilar Mug‘lada o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishga jalb qilingan.

Shuningdek, o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishga Ozarbayjondan bitta vertolyot, bitta samolyot va 300 o‘t o‘chiruvchi, Rossiyadan ikkita yong‘inga qarshi samolyot, Erondan bitta samolyot, ikkita vertolyot va Ispaniyadan ikkita samolyot jalb qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!