Turkiya G‘azoga gumanitar yordam kemasini jo‘natadi

Turkiya G‘azoga gumanitar yordam kemasini jo‘natadi

Turkiya ocharchilikda qolgan G‘azo sektoriga 28 mart kuni gumanitar yordam kemasini jo‘natdi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, gumanitar yordam kemasi Mersin portidan G‘azoga jo‘nab ketgan. Yuklar G‘azo shahri shimoli-g‘arbiga yetkazilishi mo‘ljallangan.

Gumanitar yuk hajmi 2960 tonnadan ortiq ekanligi ma’lum qilingan. Yuk 125 mingta oziq-ovqat to‘plamlari va boshqa materiallardan iborat ekanligi xabar qilingan.

Turkiya hukumati gumanitar yordam tashkilotlari ko‘magida hozirgacha Falastin xalqiga 13 ta samolyot va 7 ta insonparvarlik yordami yuklarini tashiydigan kema jo‘natgan. G‘azo shimolidagi ocharchilikni bartaraf etishda katta hissa qo‘shgan.

Rasmiylar Anqara hukumati tomonidan G‘azoga hozirga qadar yuborilgan gumanitar yordam hajmi 39,607 tonnaga yetganini bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!