Turkiya aholisining chorak qismidan ko‘prog‘ini bolalar tashkil qiladi
2022 yil yakuniga ko‘ra, Turkiyada 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar soni 22 million 578 ming 378 kishini, ya’ni mamlakat umumiy aholisining 26,5 foizini tashkil qildi. Bu haqda seshanba kuni Turkiya Statistika instituti (TÜİK) ma’lum qildi, deya xabar beradi Anadoly.
Maqsadli aholini ro‘yxatga olish tizimi natijalariga ko‘ra, 2022 yil oxirida Turkiya fuqarolari soni 85 million 279 ming 553 kishini tashkil etdi.
O‘tgan yil yakuniga ko‘ra, bolalar va o‘smirlarning 51,3 foizini o‘g‘il bolalar, 48,7 foizini qizlar tashkil etgan.
Taqqoslash uchun, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 1970 yilda Turkiya aholisining 48,5 foizini bolalar tashkil qilgan. 1990 yilda bu ko‘rsatkich 41,8 foizga, 2022 yilda esa 26,5 foizga qisqardi.
Demografik prognozlarga ko‘ra, 2030 yilda Turkiyada bolalar ulushi 25,6 foizni, 2040 yilda - 23,3 foizni, 2060 yilda - 20,4 foizni, 2080 yilda - 19 foizni tashkil qiladi.
Evropa Ittifoqiga (EI) a’zo 27 ta davlatda bolalar sonining ko‘rsatkichlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 2022 yilda o‘rtacha 18,1 foizni tashkil etdi.
