Tramp: Xitoy kripto sanoatida jahon yetakchisiga aylanishi mumkin

Tramp: Xitoy kripto sanoatida jahon yetakchisiga aylanishi mumkin

AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp Xitoy kriptovalyuta bozorida AQShni ortda qoldirib, jahon yetakchisiga aylanishi mumkinligini aytdi.

Bu haqda u Neshvilldagi Bitcoin 2024 konferensiyasida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

«Agar biz kriptovalyuta, bitkoinni qabul qilmasak, Xitoy va boshqa davlatlar oladi. Ular yetakchi bo‘ladi va biz Xitoyning hukmron bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz», — dedi Tramp.

Shu bilan birga, agar u saylovda g‘alaba qozonsa, uning ma’muriyati hozirda Amerika hukumati tasarrufidagi bitkoin zahiralarining 100 foizini saqlab qolishini ta’kidladi.

«Bu Bitcoinning milliy ta’minotining asosiga aylanadi», dedi Tramp.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!