Toyloq tumanida 2,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan issiqxona aniqlandi

Toyloq tumanida 2,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan issiqxona aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tuman bo‘limi, prokuratura va “Toyloqtumangaz” gaz ta’minoti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “I.a.” MCHJ rahbari I.M. MCHJ issiqxonasida istitish qozoni va qo‘lbola yondirgichlarni umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida yashirincha ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 2,9 mlrd so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!