Toshkentliklar viloyatlarda hisobga turishga majbur emas — IIV

Toshkentliklar viloyatlarda hisobga turishga majbur emas — IIV

Toshkentda doimiy propiskasi bor toshkentliklar O‘zbekiston viloyatlarida bo‘lib turgan vaqtda yashash joyi bo‘yicha hisobga qo‘yishga majbur emas. Bu haqda IIV Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarasi boshlig‘i Bahriddin Shorisqiyev dushanba kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 223-moddasiga (pasport tizimi qoidalarini buzish) muvofiq, pasportsiz yoki propiskasiz yashashga yo‘l qo‘yganlik uchun jarima miqdori eng kam ish haqining 5 baravarini tashkil etadi.

Biroq bu qoida, ma’lum bo‘lishicha, faqatgina Toshkent va  Toshkent viloyatida bo‘lib turgan respublikaning boshqa viloyatlaridan kelgan fuqarolarga taalluqli. Agarda ular poytaxt hududida besh kundan ortiq vaqt davomida bo‘lib tursa, yashash joyi bo‘yicha hisobda qo‘yishlari lozim.

«Toshkent va  Toshkent viloyati alohida hudud bo‘lgani sababli ushbu masala [hisobga qo‘yish] qo‘yildi. Boshqa viloyatlarda bu yo‘q, hisobga qo‘yilmaydi», — dedi Bahriddin Shorixsiyev.

Yil boshidan buyon Toshkentda 16,8 ming kishi, Toshkent viloyatida esa 6411 kishi doimiy, mos ravishda 83,6 ming va 13,7 ming kishi vaqtinchalik propiska oldi. Shu bilan birga, pasport-viza rejimini buzgani uchun 586,35 ming kishi, ulardan 120 mingi — yashash joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatdan o‘tmagani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!