Toshkentlik erkak tanishini 45 000 dollarga chuv tushirdi

Toshkentlik erkak tanishini 45 000 dollarga chuv tushirdi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida 2019 yil 18 aprel kuni tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limiga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2015 yil 1 iyun kuni Katta Mirobod ko‘chasida yashovchi R.K. uyi oldida tanishi F.K.ga birga tadbirkorlik bilan shug‘ullanishini aytib, aldov yo‘li bilan ishonchiga kirgan va undan 45 000 AQSh dollarini olib bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, ko‘rilgan choralar natijasida R.K. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!