Toshkentdagi mushtlashuv: "Neksiya" haydovchisi "dushman"ini qasddan o‘ldirishni niyat qilgan

Toshkentdagi mushtlashuv: "Neksiya" haydovchisi "dushman"ini qasddan o‘ldirishni niyat qilgan

Toshkent shahar prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan B.K. va K.K.larga (1992 y.t.) nisbatan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jumladan, ular 05.06.2019 yil soat 19:50da Mirobod tumani, Farg‘ona Yo‘li ko‘chasida joylashgan “OSIYo BURGER” ovqatlanish shohobchasining turargohida bo‘lib, I.J. (1991 y.t.) bilan muqaddam bo‘lgan o‘zaro kelishmovchilik oqibatida, B.K. o‘zining boshqaruvidagi “NEKSIYA-3” rusumli avtomashinada I.J.ni qasddan urib yuborgan, so‘ng K.K. o‘zi bilan olib kelgan pichoq bilan I.J.ni qasddan o‘ldirishni o‘ziga maqsad qilib, bezorilik oqibatida tanasining turli joylariga bir necha marotaba jarohatlarni yetkazib, voqea joyidan yashiringanlar.

07.06.2019 yil B.K. va K.K.lar jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan va tegishli prosessual tartibda ushlanganlar.

08.06.2019 yil B.K. va K.K.lar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “l” bandi bilan ayblov e’lon qilingan va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ushbu jinoyatga aloqasi bo‘lgan va bevosita qatnashgan boshqa shaxslar tergov-tezkor yo‘li bilan tekshirilmoqda.

Jinoyat ishi bo‘yicha tegishli ekspertizalari tayinlangan bo‘lib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!