Toshkentdagi “Ashxobod” va “G‘alaba” bog‘larida davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlab festival o‘tkaziladi

Toshkentdagi “Ashxobod” va “G‘alaba” bog‘larida davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlab festival o‘tkaziladi

18 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlab “Vatanimiz bayrog‘i – faxrimiz, g‘ururimiz!” shiori ostida festival o‘tkaziladi. 

Festival soat 10:00da poytaxtdagi “Ashxobod” bog‘i oldidagi ulkan bayroq yonida Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyaga qarashli harbiy texnikalar, otliq bo‘linmalar, motosikllarda harbiy xizmatchilar hamda faol yoshlar ishtirokidagi tantanali parad bilan boshlanadi. Festival ishtirokchilari Amir Temur xiyoboni bo‘ylab harakatlanib, Xalqlar do‘stligi san’at saroyi yonida jam bo‘ladilar.

Soat 11:00da Xalqlar do‘stligi san’at saroyi oldida harbiy texnikalar va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, harbiy xizmatchilarning jangovar chiqishlari, san’atkorlarning konsert dasturlari bo‘lib o‘tadi.  

Shuningdek, “G‘alaba” bog‘i majmuasida katta bayram tadbiri tashkil etiladi. Tantanali tadbirda “Vatanga qasamyod” marosimi namoyishi, “Turon” harbiy davlat teatri tomonidan sahna ko‘rinishlari, Markaziy ashula va raqs ansambli hamda harbiy orkestrning konsert dasturlari, Mudofaa vazirligining Faxriy qorovuli chiqishlari, harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi namoyishi, zamonaviy qurol aslahalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!