Toshkentda rangli printerda chiqarilgan "stiker" fosh bo‘ldi

Toshkentda rangli printerda chiqarilgan "stiker" fosh bo‘ldi

1 avgust kuni soat 23.00 da Mirzo-Ulug‘bek tumani «Madad» postida 29 yoshli Ulug‘bek N. boshqaruvidagi «Matiz» rusumli avtomobili to‘xtatildi.

Tekshiruv davomida aniqlanishicha, haydovchi qalbaki harakatlanish ruxsatnomasidan foydalangan. Ekspert-kriminalistika markazining xulosasiga ko‘ra, ruxsatnoma (stiker) rangli printerda chiqarilgan.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228 moddasi («Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!