Toshkentda homilador ayol jinoyatga qo‘l urdi

Toshkentda homilador ayol jinoyatga qo‘l urdi

Toshkent shahri. 2021 yilning 15 yanvar kuni soat 10:30 larda noma’lum shaxs Chilonzor tumani 19-mavzesida joylashgan 44 yoshli Ilhom O.,ga tegishli xonadonga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasidagi temir seyfni kalit tanlash yo‘li bilan ochib, 7.000 AQSh dollari miqdoridagi pullar, 2.588.000 so‘mlik qimmatbaho taqinchoqlari, ikki dona “Turon bank” tomonidan berilgan plastik kartalarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.                  

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Ilhom O.,ning farzandlariga enagalik qiluvchi homilador 22 yoshli Mahbuba U., sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Mahbuba U.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. 

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!