Toshkentda ayol o‘zini bo‘g‘ayotgan eriga pichoq urdi

Toshkentda ayol o‘zini bo‘g‘ayotgan eriga pichoq urdi

Joriy yilning 11 dekabr kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi O.X. uyida rasmiy nikohsiz turmush o‘rtog‘i  R.B.(ismli ayol) bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida O.X. uni bo‘g‘ib, yuziga qo‘li bilan urgan vaqtida R.B. uning ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, O.X. kasalxonaga yotqizilgan. R.B. ushlangan.  Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!