Toshkent viloyatida bir erkak shar’iy nikohdagi xotini va uning farzandlarini o‘ldirib ketdi

Toshkent viloyatida bir erkak shar’iy nikohdagi xotini va uning farzandlarini o‘ldirib ketdi

2019 yil 17 mart kuni Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Xushro‘y ko‘chasi, 13-uyda yashagan N.A. (ayol kishi, 1972 yilda tug‘ilgan) va uning farzandlari H.N. (1994 yil) va SH.N. (1995 yil)larning murdalari ko‘krak qafasi, o‘pka va yurakka sanchilib kirgan og‘ir tan jarohatlari bilan topilgan.

Voqea joyiga tezkor tergov guruhi yetib borgan hamda kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari o‘tkazilib, sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish davomida xonadonga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasining xotira qurilmasi (hard disc) ashyoviy dalil tariqasida olinib, undagi video tasvirlar ko‘zdan kechirilganida, ushbu qotillik jinoyati N.A.ning sha’riy nikohdagi turmush o‘rtog‘i I.X. tomonidan sodir etilganligi aniqlangan.

Mazkur jinoyat ishi yuzasidan Jizzax viloyati prokuraturasi va viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda gumon qilinuvchi I.X. Zomin tumanida qo‘lga olingan.

I.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi a va j bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergovning borishi ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat o‘rnatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!