Tojikistonda O‘zbekistondan keltirilgan tovuq go‘shti va tuxum yo‘q qilindi

Tojikistonda O‘zbekistondan keltirilgan tovuq go‘shti va tuxum yo‘q qilindi

Sug‘d viloyatida 2019 yilda O‘zbekistondan olib kelingan 20 ming kilogrammdan ortiq tuxum musodara qilinib, yo‘q qilindi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston Tojikiston oziq-ovqat xavfsizligi vazirligi matbuot xizmatiga asosan.

Vazirlik taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan yilda Kanibodom nazoratdan o‘tish punktida chegarachilar tomonidan "Safar 2012" kompaniyasiga tegishli bo‘lgan 20,3 ming kilo yoki 342 ming dona tuxum to‘xtatildi.

Vazirlik musodara qilingan mahsulotlar sifatsiz ekanligini ta’kidladi. Sug‘d oziq-ovqat xavfsizligi markazining xulosasiga ko‘ra, O‘zbekistondan keltirilgan tuxumlar iste’molchilar salomatligi uchun xavf tug‘dirgan.

Bundan tashqari, Dushanbe va So‘g‘ viloyatining Bobojon-G‘ofurov tumanida kerakli hujjatlarsiz bo‘lgan 12,8 tonna tovuq go‘shti musodara qilindi. Ta’kidlanishicha, sifatsiz tovuq go‘sht Oziq-ovqat xavfsizligi tadqiqotlari milliy markazi tomonidan yo‘q qilindi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!