Tojikistonda Ramazon qachon boshlanishi ma’lum qilindi

Tojikistonda Ramazon qachon boshlanishi ma’lum qilindi

Joriy yil Tojikistonda Ramazon oyi 13 yoki 14 aprelda boshlanishi mumkin. Bu haqda Tojikiston Ulamolar kengashi raisi Sayidmukarram Abuqodirzoda “Aziya-Plyus” nashriga ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Ramazon aynan qachon boshlanishini aniqlash uchun Tojikiston Fanlar akademiyasining Astrofizika instituti bilan ish olib borilmoqda. 

Ramazonning boshlanishi Ulamolar kengashining umumiy yig‘ilishida e’lon qilinadi. Shuningdek, yig‘ilishda zakot summasi va kimlarga ro‘za tutish majburiy emasligi ham aytiladi.  

2020 yilda koronavirus xavfi tufayli Ulamolar kengashi masjidlarda tarovih o‘qilishiga va boshqa diniy marosimlar o‘tkazilishiga ruxsat bermagan edi. O‘tgan yili Tojikistonda Ramazon oyi 24 aprelda boshlangan va 23 maygacha davom etgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!