Tojikiston prezidenti Italiya va Vatikanga yo‘l oldi

Tojikiston prezidenti Italiya va Vatikanga yo‘l oldi

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon rasmiy tashrif bilan Italiya va Vatikanga jo‘nab ketdi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi «Report» TASS agentligiga tayanib.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu safarda unga tashqi ishlar, ichki ishlar, sanoat va yangi texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport, madaniyat vazirlari, davlat rahbarining xalqaro ishlar bo‘yicha yordamchisi, shuningdek, Davlat qo‘mitasi vakillari hamrohlik qilmoqda.

Sayohat haqida boshqa tafsilotlar oshkor etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston va Italiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992 yilda o‘rnatilgan. Ikki davlat tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida vaqti-vaqti bilan o‘zaro tashriflar amalga oshirildi. 2009 yilda Tojikiston va Italiya o‘rtasida texnik, sanoat va iqtisodiy sohalarda hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim hamda Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik bayonnomasi imzolangan. Tojikiston prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda Tojikistondan Italiyaga taxminan 15 million dollarlik mahsulot eksport qilingan. 2023 yilda ikki davlat o‘rtasidagi umumiy tovar ayirboshlash hajmi 2022 yilga nisbatan 12,5 foizga oshdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!