BBC: Isroil G‘azo sektorining markazida quruqlik va havo amaliyotini boshladi

"SAXAL G‘azo sektorining markaziy qismidagi Dayr-al-Balah shahrida quruqlik va havo orqali yangi amaliyot boshladi, bu hududda 20 oydan ortiq vaqtdan beri harbiy harakatlar olib borilmagan edi", deya yozmoqda nashr.
Bu tinch aholi, jumladan, deyarli ikki yildan beri davom etayotgan mojaro tufayli ilgari o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lganlar orasida ko‘chishning yangi to‘lqinini keltirib chiqardi.
Harbiy amaliyot dushanba kuni erta tongda, SAXAL shaharning janubi-g‘arbiy qismidagi oltita turar joy mavzesi aholisini evakuasiya qilishni buyurganidan bir necha soat o‘tib boshlandi. Hozir bu hududda G‘azo janubidagi Rafah va Xon Yunusdan kelgan minglab qochqinlar bor.
Yakshanba kuni Isroil harbiylari Dayr-al-Balahning janubi-g‘arbidagi yuz minglab ko‘chirilgan g‘azoliklar boshpana topgan bir qancha tumanlar aholisiga uylarini tark etib, janubga yo‘l olishni buyurgan varaqalarni havodan tashlagandi.
SAHAL bu hududda yangi amaliyot boshlashi garovda qolayotganlarning oilalarini xavotirga solmoqda, ular hujum hududida bo‘lishi mumkin bo‘lgan qarindoshlari operasiya natijasida aziyat chekishi mumkinligidan tashvishda.
Shanba kuni garovga olinganlarning oilalari Isroil rasmiylariga murojaat qilib, "Isroil fuqarolari va oilalariga harbiy harakatlar rejasi qanday ekani va u hali ham G‘azoda bo‘lgan garovdagilarni qanday himoya qilishini zudlik bilan tushuntirish"ni talab qildi.