DXX: 22 kg.dan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi

DXX: 22 kg.dan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi

1️⃣Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Surxondaryo viloyatining Denov tumani hududida harakatlanayotgan “Kobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan – Denov tumanida yashovchi, 1987 y.t., muqaddam sudlangan shaxsning yonida 9 kg “gashish” moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu giyohvandlik vositasi kelgusida sotish maqsadida tojikistonlik narkokur’erlar tomonidan yetkazib berilganligi ma’lum bo‘ldi.

2️⃣Davlat xavfsizlik xizmati, ichki ishlar va bojxona organlari xodimlari hamkorligida Farg‘ona viloyatida ham tezkor tadbir o‘tkazildi. Jumladan, Farg‘ona shahrida yashovchi, 1994 va 1988 yillarda tug‘ilgan 2 nafar fuqaro ketayotgan avtotransport vositasi shahar hududida harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatilib tekshirilganda, ularning yonida 5 kg 862 gr “gashish” moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.
Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, ulardan ushbu giyohvandlik vositasini har bir kg.ni 89 mln. so‘mdan kelishgan holda sotib olmoqchi bo‘lgan vaqtida – Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi, 1997 y.t. fuqaro ham qo‘lga olindi.
Bundan tashqari, ushbu giyohvandlik vositasini muqaddam Qirg‘iz Respublikasining Botken viloyati Qadamjoy tumanida narkosavdogardan olib, mamlakatimizga kontrabanda yo‘li bilan keltirgan jinoiy guruh yetakchisi - So‘x tumanida yashovchi, 1987 y.t. shaxs ham prosessual tartibda ushlandi.

3️⃣Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Namangan shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida yashovchi, 1992 y.t., muqaddam sudlangan shaxs 3 kg 950 gr “gashish” moddasini xaridorga 38 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, u bilan birga kelgan, jinoiy sherigi – Farg‘ona tumanida istiqomat qiluvchi, 2000 y.t. fuqaro ham qo‘lga olindi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, 1992 y.t. shaxsning Farg‘ona tumanidagi yashash xonadonidan muqaddam Qirg‘iz Respublikasidan keltirilgan 868 gr “gashish” moddasi ham olindi.

4️⃣Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 1969 y.t. mahalliy fuqaro va uning Denov tumanida istiqomat qiluvchi, 1986 y.t. jinoiy sherigi o‘zaro kelishgan holda, Tojikiston Respublikasidan olib kelingan 1 kg 962 gr “opiy” moddasini xaridorga 200 mln so‘mga sotgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmalari hamda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

5️⃣Sirdaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa, Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1988 y.t. hamda Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi, 1969 y.t. muqaddam sudlangan ikki nafar fuqaro Tojikiston Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan 943 gr “opiy” moddasini sotmoqchi bo‘lgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida jami
22 kg 585 gr giyohvandlik vositasi
ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

OTMga davlat granti va to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish ballari belgilandi

2025/2026 ўқув йили учун олий таълим муассасаларига кириш имтиҳонларида минимал ўтиш бали ўзгаришсиз қолди.

Nazarboyev boylik reytingida Trampdan o‘zib ketdi

Жаҳон сиёсатидаги энг бадавлат раҳбарларнинг ушбу рўйхатига амалдаги ва собиқ давлат раҳбарлари киради.

Islombek Ismoilovga ta’ziya izhor qilamiz

Ўтганларнинг охирати обод бўлсин!

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Jahon chempionlariga qarshi o‘ynaydi

Ўзбекистон терма жамоаси ноябрь ойида Уругвай терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади. Бу ҳақда Championat.asia нашри хабар бермоқда.

Po‘lat Bobojonov lavozimidan ozod etildi, Abdusalam Azizov yangi lavozimga tayinlandi

Ўзбекистон Республикаси Президентининг тегишли фармони билан қатор тайинловлар амалга оширилди

Samarqandda mojaroga sabab bo‘lgan binoni buzish boshlandi (video)

Самарқанд шаҳрининг "Конигил" маҳалласидан жой олган ва маҳаллий аҳоли орасида “қўзиқорин шаклидаги уй” сифатида машҳур бўлган ноқонуний 12 қаватли бинони бузиш ишлари бошланди.

Hindiston hukumati Sentinel qabilasini ro‘yxatga olishda muammoga duch kelmoqda

Nieuwsblad нашри хабар беришича, гап Бенгал кўрфазидаги Шимолий Сентинел (Андаман ороллари) оролида истиқомат қилувчи сирли халқ — Сентинеллар ҳақида кетмоқда.

Sulton Ali Rahmatov olamdan o‘tdi

Бу ҳақда унинг жияни маълум қилди.

G‘arb nega Rossiyadan Ukrainaga urushni to‘xtatishni talab qilmoqda?

Бу ҳақда Россия Ташқи ишлар вазири Сергей Лавров айтиб ўтди.

UFC jangchisi Shavkat Rahmonovning rafiqasi 10 yilga qamalishi mumkin

У 7 йилга автотранспорт бошқариш ҳуқуқидан маҳрум этилади.

Kecha O‘zbekistonda eng issiq harorat rekordi yangilandi!

Бу хақда Ўзгидромет хабар бермоқда.

“UzAuto Motors” yangi to‘lov shartlarini e’lon qildi

“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.

Ayollarning pensiya yoshi yana 6 oyga oshirildi

Низом 1 июлдан кучга кирди

Mashhur bloger Abduroziq Dubay aeroportida hibsga olindi

Расмий идоралар ҳозирча бу ҳодисага изоҳ бермаган ва иш тафсилотларини ошкор қилмаган.

Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"dagi kelajagi oydinlashdi

Тармоқда Абдуқодир Ҳусанов Манчестернинг бошқа бир жамоасига ўтиши ҳақида хабарлар тарқалганди.

Kiyevda motam e’lon qilindi

Сўнгги маълумотларга кўра, тунги дронлар ва ракеталар билан уюштирилган кенг кўламли ҳужум оқибатида 13 одам ҳалок бўлган

Ukrainada Oliy Rada majlislarida deputatlar o‘rtasidagi mushtlashuv yuz berdi

2022 йилдан бери биринчи марта Олий Рада ўз мажлисларини жонли эфирга узатишни қайта тиклади, бироқ бошланиш шиддатли бўлди.

Putin migrantlar uchun yangi turdagi bojlar joriy qildi

Шунингдек, патент бериш ёки уни қайта расмийлаштириш учун 4,2 минг рубл (50 доллар) миқдорида бож амал қила бошлайди.

Xitoyda uch yoshli bola 18-qavatdan yiqilib tushdi

Болани ерда маҳаллий аҳоли вакили топиб олиб, тез ёрдам чақирган. Ҳодиса жиддийлигига қарамай, бола ҳушини йўқотмаган. Унинг қўли синган, умуртқа поғонаси чўзилган

10 777 ZZZ avtoraqami qanchaga sotildi?

Савдолар тўққиз кун давом этди.

Kelajakda Yer sayyorasida kislorod yo‘qolishi mumkin — tadqiqot

Тадқиқотчилар фикрига кўра, кислородга бой атмосфера сайёра тарихидаги вақтинчалик босқичдир. Олимлар сўнгги 800 минг йил ичида Ер атмосферасидаги кислород миқдори тахминан 0,7 фоизга камайганини аниқлади.

АҚШ армиясининг нафақадаги подполковниги, илгари Исроил ва АҚШга қарашли “Ғазога гуманитар ёрдам” (GHF) фондида ишлаган Энтони Агиляр Ғазода ёрдам тарқатиш жараёнини «Очлар ўйини» романидаги саҳналарга қиёслади.

Isroil Suriyada nimani ko‘zlayotgani ochiqlandi

Исроил Суриядаги айирмачи кучлар орқали мамлакатни бўлиб ташлашга уринмоқда. Бу ҳақда Сурия ахборот вазири Ҳамза ал-Мустафо Туркиянинг “Anadolu” ахборот агентлигига берган интервьюсида маълум қилган.

Qozog‘istondan Rossiyaga piyoda o‘tishga uringan o‘zbekistonlik ushlandi

Маълум қилинишича, аёл давлат чегараси чизиғидан 80 метр масофада, чегара ҳудудида ноқонуний равишда бўлиб, Қозоғистон ва Россия чегарасини расмий ўтиш пунктларидан ташқарида кесиб ўтмоқчи бўлган.

“Yangi O‘zbekiston” bog‘i hududidagi plyajda bir yigit cho‘kib ketdi

Тошкент шаҳар прокуратураси ўлим рўй берганини тасдиқлади. Тергов тезкор гуруҳи воқеа жойига йўл олган.

Turkiyada fojiali hodisa: 14 yoshli bola boshqargan avtomobil beton ustunga urildi

Сакария шаҳрида 14 ёшли бола бошқарган автомобил бетон устунга урилиб, оғир йўл-транспорт ҳодисаси рўй берди.

Isroilning yangi hujumlari oqibatida 90 nafar halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ғазо ҳукумати матбуот хизмати ва тиббий манбалар хабар берди.

Trampdan yangi tariflar: Hindistonga yuqori, Koreyaga nisbatan kamroq

1 августдан бошлаб АҚШ президенти Доналд Трамп Жанубий Корея ва Ҳиндистондан олиб кириладиган маҳсулотларга янги бож тўловлари жорий этилишини эълон қилди. Унда икки давлатга турлича ёндашув намоён бўлди.

Surxondaryoda Nexia maktab oldidagi piyodalar yo‘lagida 8 yoshli qizaloqni urib o‘ldirdi

Ҳайдовчи яқин атрофда мактаб борлиги ҳақидаги белгига қарамай, тезликни пасайтирмаган.

Tailanddagi pirotexnika zavodida portlash yuz berdi, qurbonlar bor

Ҳозирда портлаш сабаблари аниқланмоқда.

Qoraqalpog‘istonda yo‘lovchi poyezdi KamAZ bilan to‘qnashdi

Темирйўлчилар ҳодиса жойига етиб бориб, поезд йўловчилари 6 та автобусда Нукус ва Қўнғирот шаҳарларига жўнатилган.

Qo‘qonda xonadonda saqlanayotgan 1 mld so‘mlik pirotexnika vositalari aniqlandi

Кўздан кечириш жараёнида автомашина салонида 16 дона қутиларда жами 900 донага яқин мушак пиротехника воситалари борлиги аниқланди.

Manhettendagi otishmani amalga oshirgan shaxs aslida Milliy futbol ligasi (NFL) ofisiga hujum qilmoqchi bo‘lgan

"Тамуранинг ёнидан хат топилган топилган.

Xakerlar Fransiyaning yadroviy sirlarini o‘g‘irladi

Бу ҳақда France3 телеканали хабар берди.

“Qo‘ziqorin bino” mashmashasi: yetarli maxsus texnikalar bo‘lmaganligi sababli, ijro haraktlari bir necha bor to‘xtatilgan edi

2025 йилда давлат ижро органлари суд қарорини бажаришга киришди. Айни пайтда махсус техникалар жалб этилган, бино қисмларининг бузилиши бошланган.

Ustyurtda haydovchi g‘oyib bo‘lganmi?

Фавқулодда вазиятлар вазирлиги томонидан олиб борилган қидирув ишларидан сўнг икки кун деганда юк машинасининг ўзи топилган.

Namanganda ikki bola Farg‘ona kanaliga cho‘kib ketdi

Ўсмирлардан бирининг жасади 26 июл куни топилган. Иккинчи ўсмирнинг жасади олти кундирки қидирилмоқда.

Taniqli o‘zbek sportchisi Shavkat Rahmonovning oilasi falokatga uchragani aytilmoqda

Ҳодиса натижасида икки йўловчи воқеа жойида вафот этган.

AQSh G‘aznachilik departamentini tunamoqchi bo‘lishdi

Гумонланувчига чегарани бузиш айби қўйилган.

«O‘zga sayyoraliklar yo‘lda»

Аммо баъзи тадқиқотчиларнинг фикрича, бу ниқобланган ўзга сайёраликлар кемаси бўлиши мумкин.