Tojikiston Afg‘onistonda inklyuziv hukumat tuzishga chaqiradi – Emomali Rahmon

Tojikiston Afg‘onistonda inklyuziv hukumat tuzishga chaqiradi – Emomali Rahmon

16-17 sentabr kunlari Dushanbe shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tdi. Sammitda Afg‘onistondagi vaziyatga alohida e’tibor qaratildi. Davlat rahbarlari bu mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.
Masalan, Prezident Emomali Rahmon Tojikiston Afg‘onistonda inklyuziv hukumat tuzishga chaqirayotganini va o‘z pozisiyasiga sodiq qolishini e’lon qilgan. Bu haqda “Xovar” axborot agentligi xabar berdi.

– Odamlarning fikrini inobatga olmasdan turib, Kobulga har qanday siyosiy tizimni kiritish oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin, – deb ta’kidlagan E.Rahmon.

Tojikiston rahbari yana bir bor xalqaro hamjamiyatni, xususan, BMT, Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasini Afg‘onistonga va Panjsher viloyati aholisiga favqulodda yordam berishga chaqirdi.

Shu bilan birga, Emomali Rahmon xalqaro terrorizm, ekstremizm, separatizm, transchegaraviy uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar savdosi va kiberjinoyatchilik SHHT xavfsizligiga asosiy tahdid bo‘lib qolayotganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Dushanbeda o‘tgan SHHTning yubiley sammitida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov faxriy mehmon sifatida, shuningdek, SHHT Bosh kotibi Vladimir Norov va SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Jumaxon G‘iyosov ishtirok etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!