Til bayramiga: «Sog‘inch» (hikoya)

A A A
Til bayramiga: «Sog‘inch» (hikoya)

Turg‘unoyga shahar yoqdi. Odamlarning birov bilan ishi yo‘q ekan. Shundoq uyi yonidagi maktabga ona tili va adabiyot o‘qituvchisi bo‘lib ishga kirdiyu, fikri o‘zgara boshladi.

Bu ruscha-o‘zbekcha aralash sinflari bor maktab bo‘lib, rahbarlari ham rusiyzabon insonlar edi. Shunisi qiyin bo‘ldi. Majlislar rus tilida o‘tkazilar, Turg‘unoy bitta ham rus bo‘lmagan qishloqda ulg‘aygani uchun hech kim bilan ruscha gaplashib ko‘rmagan, tushunsa ham fikrini ifodalab bera olmas edi.

O‘quv ishlari bo‘yicha mudir o‘zbekcha gapirishni bilmaydi. Turg‘unoyga vazifa topshirar ekan, javob bermay ko‘ziga mo‘ltirab tikilib turishi rahbarning g‘azabini keltirayotganini sezar, ammo tushunib turganini ham unga tushuntirolmas edi. O‘zi tabiatan tortinchoq, buning ustiga katta shaharda o‘zini yetimdek his qiladi.

Ba’zida hammaga qishlog‘ida ularning oilasini barcha hurmat qilishini, otasi butun qishloq bolalarini o‘qitgan ajoyib ustoz ekanligini aytgisi keladi. Ishxonasidagi o‘zbek sinflariga kiradigan ayollar ham negadir o‘zaro rus tilida gaplashadilar. Kundan kunga sevimli ishidan ko‘ngli soviy boshladi.

Bugun ham zo‘rg‘a ishga keldi. Eshik tagida qo‘lini belining orqasiga juftashtirib turgan, yuzidan zahar tomayotgan o‘quv ishlari bo‘yicha rahbar o‘rinbosarini ko‘rib eshitilar-eshitilmas salom bergan bo‘ldi.

— Zdrastvuyte, Venera Akbarovna...

— Idi, somnoy! — deya xonasiga boshladi salomini eshitmagandek u.

Suhbat asnosida ma’lum bo‘ldiki, darsdan keyin qandaydir majlisga borishi kerak ekan. Boradigan manzilini eplab qog‘ozga yozib oldi. Amallab topib borar, muhimi hozir shu xonadan tezroq chiqib ketsayu, shu ezma kampirning uni masxara qilayotgandek tuyuladigan basharasini ko‘rmasa!

Qanday majlis, nima munosabat bilan, so‘rab ham o‘tirmadi.

Kattakon xona darsdan charchab chiqqan, tushlik qilishga ham ulgurmay kelgan o‘qituvchilar bilan to‘la boshladi. Kimdir o‘tirgan joyida non kavshagan, kimdir olib kelgan popuk qandlarini yonidagilarga ham ilingan, kimdir mudragan holda o‘tirardi. U ham kecha pishirgan shirin kulchasidan olib kelgan edi, tanovvul qilmoqchi bo‘ldi. Shu payt eshikdan shahdam qadamlarda ikkita erkak va uchta ayol kirib kelayotganiga ko‘zi tushdi. Tushligini joyiga qaytib soldi. Hamma mehmonlar hurmati uchun o‘rnidan turdi, «kattakonlar» o‘tirgach, qaytadan o‘rindiqlarga joylashdilar.

— Assalomu alaykum, aziz o‘qituvchilar, — deya gap boshladi yoshroq ayol. Bugun sizlarni yig‘ishimizdan maqsad... — deya endi gap boshlagan edi, kimdir pastroqdan luqma tashladi:

— Pojaluysta, po ruski govoriti, ato mi ne ponimayem!

Turg‘unoy o‘girilib qarasa katta xonani to‘ldirgan o‘qituvchilar orasida ko‘rinishidan rus millatiga o‘xshagan atigi ikkita ayol o‘tirgan ekan.

Minbardagi ayolga tikildi. Nima qilarkin?

— Da, da, koneshna! — dediyu , shuni kutib turgandek biyron so‘zlab ketdi u...

Ikki soat cho‘zilgan majlisda boshqa biror odam o‘zbekcha gapirmadi!

Nimaga shuncha o‘zbek turib hech kim bir og‘iz majlisdagi ikkita ayolga, “O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga o‘n yildan oshdi, nimaga shu paytgacha o‘rganmaysizlar, axir shu yerda tug‘ilgansizlar, millat tilini o‘rganish — hurmat belgisi” demadi-ya ?! - deb xafa bo‘ldi. Yo‘l bo‘yi o‘zi bilan o‘zi gaplashib keldi, ko‘ngli cho‘kib keldi u...

Kundan kunga ko‘ngli sovib borayotgan ishiga o‘zini majburlab borar, beg‘ubor bolajonlarning ma’sum nigohlarigina kasbiga bo‘lgan muhabbatini ushlab turgandek edi.

Kechqurun ishdan kelsa turmush o‘rtog‘i ijaraga boshqa uy topganligini, bunisini bo‘shatish kerakligini ma’lum qildi.

“Xudoga shukur, endi ishlamayman!”

— Mayliku, ishim nima bo‘ladi, shu tumandan uy topilmasmikan? — Sirtida boshqa gapni gapirdi.

— Xavotirlanma, senga yangi uyimiz yonidagi maktabdan ish topib qo‘ydim. O‘sha yerda ishlayverasan!

Negadir endi ishlamasam kerak, deb quvona boshlagan Turg‘unoyning ko‘ngli o‘ksidi. Endi-endi ko‘nikayotgan hayoti yana alg‘ov-dalg‘ov bo‘lar ekanda?!

Yangi uy unga yoqmadi, torroq ekan. Yangi maktabi ham ko‘rimsizroq. U hayajon bilan maktab eshigiga yaqinlashdi...

Kechqurun turmush o‘rtog‘i uyga kirib ayolining chehrasida qachondan beri yo‘qolib qolgan shodlikni ko‘rib hayratda qoldi.

— Aziz aka, yangi maktabim ajoyib ekan! Ular o‘zbekcha gaplashar ekan. Bugun majlis bo‘ldi! O‘zbekcha majlis! Men ham birinchi marta fikr bildirdim, o‘zbekchalab!

Feruza Solixo‘jayeva, Toshkent


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

"Tramp hali ham g‘alaba qozonganini aytib keladi. Lekin aslida u ancha oldin yutqazgan edi"

Менимча, Тайван фуқаролари ҳақиқий вазиятга назар ташлаганларида, буни аниқ кўришади.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Buyuk Britaniyada 14 million dollarlik lotereya yutib olgan shaxs yutuqlarini qo‘lga kirita olmadi

Бу ҳақда ўйинни ўтказган миллий лотерея оператори Allwyn хабар берди.

Erondan Isroilga raketalar to‘lqini otildi

Бу ҳақда Исроил армияси матбуот котиби маълум қилди.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

Eron tomonidan urib tushirilgan AQSh F-15 samolyotining ekipaj a’zolaridan biri qutqarib olindi

Бу ҳақда CBS News америкалик расмийларга таяниб хабар берди.

Eron: yangi havo mudofaa tizimi bir nechta AQSh samolyotlarini urib tushirdi

Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси маълум қилишича, 3 апрель куни янги ҳаво мудофаа тизими АҚШ ва Исроилга тегишли ҳаво техникасига зарба берган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.