“Tez yordam” mashinasi o‘tib ketishiga xalaqit berish uchun jarima o‘zgaradi

“Tez yordam” mashinasi o‘tib ketishiga xalaqit berish uchun jarima o‘zgaradi

“O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1285-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi qonun loyihasi tayyorlandi.  

Qonun loyihasida yozilishicha, ushbu modda birinchi qismining sanksiyasidagi “besh” degan so‘z “o‘n” degan so‘z bilan almashtiriladi.

1285-moddaning birinchi qismiga muvofiq: “Transport vositalari haydovchilarining to‘sqinliksiz harakat qilish huquqidan foydalanadigan transport vositalarining o‘tib ketishiga xalaqit berishi – eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”.

Ushbu huquqbuzarlikni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, - eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!