Texnikumlarda o‘qish o‘quv yilining yarmidan boshlandi, nega shartnoma puli to‘liq undirilyapti?

A A A
Texnikumlarda o‘qish o‘quv yilining yarmidan boshlandi, nega shartnoma puli to‘liq undirilyapti?

Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida texnikumlarda o‘qish yanvar oyidan, ya’ni o‘quv yilining yarmidan boshlangan bo‘lsa-da, shartnoma pullari birinchi yarim yillik uchun ham to‘liq undirilgani, oliy ta’lim muassasalarida bo‘lgani kabi chegirma berilmayotganiga izoh berdi.

«O‘qish yanvardan boshlangani bilan keyingi o‘quv yili boshlangunga qadar texnikumlarda 2020–2021–yilgi o‘quv dasturlari to‘liq yakuniga yetkaziladi. Ya’ni qo‘shimcha o‘zgartirishlar va o‘qituvchilarning yuklamalarini oshirish hisobiga va belgilangan miqdordagi o‘qituvchilarning yuklamalari bajarilishi hisobiga xarajatlar shunga mos ravishda ketadi.

Texnikum o‘quvchilari ham mana shu o‘quv yilini to‘liq o‘zlashtirgan hisoblanib, o‘quv yili qo‘shimcha muddat talab qilgan holda, iyul-avgustda ham o‘qish davom etadi va mana shu o‘quv yiliga kirib ketadi. Shu sababli to‘liq o‘quv yiliga to‘lov-kontraktlari to‘latilgan», dedi Abduvali Xoliqov 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий харидорларга сотилган.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.

Men Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi uchun Putinning roziligini olganman – Sadir Japarov

Қирғизистон президенти Садир Жапаров 2020 йилда ҳокимиятга келгач дарҳол Хитой элчисини чақириб, Хитой-Қирғизистон-Ўзбекистон темир йўли лойиҳасини бошлашни таклиф