Eldor Aripov Seulda: jamoatchilik diplomatiyasi barqaror tinchlik sari yo‘l ochmoqda

Eldor Aripov Seulda: jamoatchilik diplomatiyasi barqaror tinchlik sari yo‘l ochmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov 15–16 iyun kunlari Seul shahrida bo‘lib o‘tayotgan Koreya yarimoroli va Shimoliy mamlakatlar madaniyati hamda strategiyalari bo‘yicha navbatdagi yillik forumda ishtirok etmoqda.

Joriy yilda forum «Tinchlik va farovonlik yo‘lida: yirik davlatlar o‘rtasidagi global raqobat qayta kuchayib borayotgan sharoitda birdamlik orqali nizolarni bartaraf etish» mavzusiga bag‘ishlandi.

Xankuk chet tillar universiteti Xalqaro mintaqaviy tadqiqotlar markazi (CIAS) tomonidan tashkil etilgan tadbirda Markaziy Osiyo, MDH, Yevropa Ittifoqi, AQSH, Turkiya, Osiyo–Tinch okeani mintaqasi va Janubiy Osiyo davlatlarining tahliliy markazlari va akademik doiralari vakillari ishtirok etmoqda.

Jamoatchilik diplomatiyasi masalalariga bag‘ishlangan sessiyada so‘zga chiqqan E. Aripov kuchayib borayotgan geosiyosiy noaniqlik sharoitida davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash mexanizmlari alohida dolzarblik kasb etayotganini ta’kidladi.

Shu o‘rinda SMTI rahbari mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda yuqori natijaga erishgan Markaziy Osiyo tajribasini taqdim etdi. U mintaqa davlatlari yetakchilarining siyosiy irodasi tufayli to‘planib qolgan aksariyat ziddiyatlarni hal etish, transchegaraviy hamkorlikni kengaytirish va o‘zaro ishonch muhitini yaratish uchun sharoitlar vujudga kelganini alohida ta’kidladi.

E. Aripovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda mintaqa siyosiy va iqtisodiy hamkorlikning yuqori dinamikasini namoyon etmoqda. So‘nggi yillarda mintaqa ichidagi savdo hajmi qariyb besh barobar, o‘zaro investisiyalar esa ikki barobardan ziyodga oshdi.

Erishilgan natijalarni mustahkamlashda jamoatchilik diplomatiyasiga alohida e’tibor qaratildi. SMTI direktori ta’kidlaganidek, mahalliy jamiyatlarning faol ishtirokisiz barqaror tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash mumkin emas. Odamlar o‘rtasidagi aloqalarning kengayishi, chegaraoldi savdosi, turizm, ta’lim va madaniy almashinuvlarning rivojlanishi mintaqani yanada taraqqiy ettirishning muhim omili bo‘lgan ishonch muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari, Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlararo forumi, Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti, Markaziy Osiyo universitetlari rektorlari forumi, Tarixchilar va mintaqashunoslar forumi hamda Markaziy Osiyo yoshlar forumi mintaqaviy bog‘liqlikni mustahkamlashning amaliy mexanizmlari sifatida taqdim etildi. Mintaqa xalqlarining umumiy tarixiy-madaniy merosini targ‘ib qilishga qaratilgan «Markaziy Osiyo tarixi va madaniyati: yagona o‘tmish va umumiy kelajak» xalqaro media platformasini yaratish tashabbusi alohida qayd etildi.

O‘zbekiston – Koreya munosabatlari haqida so‘z yuritar ekan, E. Aripov Koreya Respublikasi O‘zbekistonning Osiyodagi asosiy hamkorlaridan biri ekanini ta’kidladi. Gumanitar aloqalar 2019 yilda alohida strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan ikki tomonlama hamkorlikning muhim asosi bo‘lib xizmat qilayotganini qayd etdi. 2025 yil yakunlariga ko‘ra, o‘zaro savdo hajmi 2 milliard dollarga yaqinlashdi.

SMTI rahbarining so‘zlariga ko‘ra, MDH hududidagi eng yirik — 177 ming kishilik O‘zbekiston koreys diasporasi do‘stona aloqalarning rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shib, O‘zbekiston – Koreya munosabatlarini mustahkamlashning muhim omili bo‘lib kelmoqda.

E. Aripov, shuningdek, ta’lim va fan sohalaridagi hamkorlikning yuqori sur’atlarini qayd etdi. Bugungi kunda O‘zbekistondagi 9 ta oliy ta’lim muassasasi va 24 ta maktabda koreys tili o‘qitiladi. Mamlakatda Janubiy Koreya universitetlarining 4 ta filiali faoliyat ko‘rsatmoqda, mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari Koreya Respublikasining 45 dan ortiq universitetlari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

So‘zining yakunida SMTI direktori Markaziy Osiyo tajribasi yaxshi qo‘shnichilik, ochiq muloqot va o‘zaro manfaatlarni hisobga olish siyosati samaradorligini yaqqol namoyon etishini ta’kidladi. Uning fikricha, jamoatchilik diplomatiyasi va gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish Markaziy Osiyoda ham, kengroq Yevroosiyo makonida ham tinchlik, barqarorlik va bardavom taraqqiyotni mustahkamlash vazifalariga to‘liq javob beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Munisa Rizayeva to‘y xizmatlari narxini oshkor qildi: Poytaxt va viloyatlar o‘rtasidagi farq qancha?

Таниқли хонанда Муниса Ризаева "ИнтервюТв" лойиҳасига берган интервьюсида тўй хизматлари учун белгиланган нархларни ошкор қилди.

O‘zbekiston — Kolumbiya o‘yini uchun chiptalar sotuvi rekord darajaga chiqdi

Эълон қилинган расмий маълумотларга кўра, Ўзбекистон — Колумбия ўйини учун ҳозирги соатгача роппа-роса 74 725 та чипта сотиб бўлинган.

So‘nggi 140 yildagi eng kuchli El-Nino hodisasi yaqinlashmoqda. Bu butun dunyodagi ob-havoga ta’sir qilishi mumkin

Маълумот учун, Эл-Нино — ҳар икки йилдан етти йилгача бўлган даврда такрорланиб турадиган иқлим ҳодисасидир.

AQShda ham to‘y qilayotganlar aqldan ozmoqda

Бу ҳақда New York Post нашри хабар беради.

Timmi ismli kit bioyoqilg‘iga aylanadi

Бу ҳақда Die Zeit нашри хабар берди.

KXDR AQShning yadroviy quroldan voz kechish chaqirig‘iga javob berdi

Бу ҳақда Шимолий Корея Ташқи ишлар вазирлиги эълон қилди.

Qatar Eronga 12 milliard dollar taklif qildi

Қатар Эроннинг музлатилган активлари атрофидаги баҳсни ҳал этиш бўйича музокаралар доирасида Теҳронга 12 миллиард долларлик молиявий кўмак пакетини таклиф қилди.

Qatar davlat investisiya jamg‘armasi Shveysariyaga gol urgan futbolchiga juda katta mukofot to‘laydi

Қатар давлат инвестиция жамғармаси Ҳуҳига ЖЧдаги голи учун 3 миллион доллар ва ярим миллиондан қимматроқ Rolls-Royce Phantom совға қилади

Jasjan Rossiyada qo‘lga olindi: bloger kechirim so‘radi

У метро йўловчиларини турли провокацион ҳаракатлар орқали жанжалга ундаб, уларнинг реакцияларини видеога олган ва кейинчалик ушбу лавҳаларни ижтимоий тармоқларда тарқатиб келган.

JChda Masharipovning o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ldi

Фотосессиялар йирик мусобақалар олдидан жамоаларнинг барча футболчилари ва бош мураббий иштирокида ташкил этилади ва ташкилий қўмитанинг расмий фото суратчиси томонидан амалга оширилади.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Javohir Sindarov jahon reytingida ko‘tarildi

Ўзбекистонлик гроссмейстер Жавоҳир Синдаров классик шахмат бўйича жаҳон рейтингида тўртинчи поғонага кўтарилди.

Putinni karikatura qilgan rassom otib o‘ldirildi

Полшанинг Бяла-Подляска шаҳрида россиялик рассом ва фаол Семён Скрепетский отиб ўлдирилди. У Путин ва Лукашенко ҳақидаги сиёсий карикатуралари билан танилган эди.

"Biz Eronga qo‘l uzatamiz va..."

Эрон Америка пулларини олмайди, келишув фақат санкцияларни босқичма-босқич бекор қилиш ҳақида бормоқда

Moskvada dronlar hujumi: Neftni qayta ishlash zavodi yonmoqda — Moskva meri Sergey Sobyanin

Дронлардан бири Москва НҚИЗ объектига шикаст етказди. Жабрланганлар йўқ.

SHHTga qo‘shilish uchun 20 taga yaqin mamlakat ariza berdi

Унинг сўзларига кўра, бу ШҲТ қадриятлари ва тамойилларига бўлган талаб юқори эканидан далолат беради.

AQSh bo‘lmaganda Isroil mavjud bo‘lmas edi

АҚШ президенти Доналд Трампнинг таъкидлашича, Қўшма Штатларнинг кўмаги бўлмаганида, бугунги кунда Исроил давлати мавжуд бўлмас эди.

Toshkentda IIO bo‘linma boshlig‘i pora olishda ushlandi​​​​​​​

Тезкор тадбир давомида мансабдор шахс олдиндан 2,5 минг доллар олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланган.

Toshkentda 20 yoshli ayolni fohishalik uchun Dubayga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Мазкур ҳолат юзасидан гумонланувчига нисбатан Жиноят кодексининг 135-моддаси 2-қисми билан жиноят иши қўзғатилган.

Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi

Дастлабки маълумотларга кўра, автомобил оила аъзоларининг рухсатисиз олиб чиқилган.

Turkiyada “O‘zbekiston mahallasi” va Shavkat Mirziyoyev bulvari ochildi

Шунингдек, Ҳатай вилоятида Тошкент ва Самарқанд кўчаларининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди.

Buyuk Britaniya bosh vaziriga tegishli mulklarga o‘t qo‘yishda ikki nafar Ukrainada tug‘ilgan erkak aybdor deb topildi

Лондондаги Олд Бейли суди ҳайъати Буюк Британия бош вазири Кейр Стармер билан боғлиқ уйлар ва автомашинага ўт қўйиш бўйича ишда икки нафар айбланувчини айбдор деб топди.

Barcha Jahon urushlarini Yevropa boshlagan — Lavrov

Россия ташқи ишлар вазирининг бошқа баёнотлари:

Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi

Ушбу мансабдор шахс 2011 йилда ҳам фирибгарлик, ҳокимият ёки мансаб ваколатини суиистеъмол қилиш, мансаб сохтакорлиги ва пора олиш каби жиноятлар билан судлангани маълум бўлди.

Samarqandda uch yoshli bola bog‘chadagi suv havzasiga tushib ketib, vafot etdi

“Ҳозирда мазкур ҳолат бўйича туман прокуратураси томонидан терговга қадар суруштирув ишлари олиб борилмоқда”, дейилади хабарда.

AQShning Kanzas-Siti yaqinida parashyutchilar bo‘lgan samolyot halokatga uchradi

Қутқарув хизматлари самолётдан сакраб қолишга улгурган парашютчиларни топиш умидида ҳалокат жойи атрофини кўздан кечирди, бироқ омон қолганларни топа олмади

Rossiya Ukrainadagi urushga davlat byudjetining yarmini sarflay boshladi – nemis iqtisodchisi taxlili

Берлиндаги Фан ва сиёсат жамғармаси (SWP) эксперти Янис Клюге 2026 йилнинг январ-март ойлари якунлари бўйича шундай баҳо берди. Унинг маълумотларига кўра, ушбу даврда Россиянинг ҳарбий харажатлари янги максимал даражага — 5,9 триллион рублга етган.

Isroil: Eron masalasida AQShdan mustaqil harakat qilamiz

Исроил мудофаа вазири мамлакат Эрон билан боғлиқ хавфсизлик масалаларида АҚШдан мустақил қарор қабул қилишда давом этишини билдирди.

Qashqadaryoda o‘zini prokuror deb tanishtirgan firibgar ushlandi

Қашқадарё вилоятида бир шахс ўзини прокурор сифатида таништириб, фуқародан пул талаб қилган.

AQSh va Janubiy Koreyaga noqonuniy yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Терговга қадар текширув давомида, у муқаддам 1999 й.т. бошқа бир фуқарони ҳам Жанубий Кореяга ишга юборишни ваъда қилиб, пул олганлиги маълум бўлди.

Eron terma jamoasining mashg‘ulot bazasi yaqinidan jasad topildi

Марҳумнинг шахси ҳозирча сир сақланмоқда.

Yakkasaroydagi ko‘p qavatli uy fasadida yong‘in sodir bo‘ldi

Хабарга асосан қутқарув бўлинмалари соат 10:23 да воқеа жойига етиб борган ва ҳозирда ёнғинни ўчириш ишларини амалга оширмоқда.

Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik takomillashtirildi

Қонун (ЎРҚ–1151-сон, 11.06.2026 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди.

Kit Kellog Isroilning yadroviy quroli borligini “ochiqlab qo‘ydi”

Fox News хабар беришича, АҚШ президентининг Украина бўйича собиқ махсус вакили Кит Келлог Исроилда ядровий қурол мавжудлиги ҳақида жамоатчиликда янги муҳокамаларга сабаб бўладиган баёнот берган.

Turkiyaning vaqt sekinlashadigan qishloqlari haqida bilasizmi?

Сўнгги йилларда секин саёҳат (clow travel) замонавий туризмнинг муҳим йўналишларидан бирига айланди. Сайёҳлар тобора сокин, мазмунли ва мақсадли саёҳатни афзал кўрмоқда.

Surxondaryoda uch nafar o‘smir daryoga cho‘kib, halok bo‘ldi

Сурхондарё вилоятининг Жарқўрғон туманида дарёга чўмилиш учун тушган беш нафар йигитдан уч нафари кучли оқим қурбони бўлди.