"Biz Eronga qo‘l uzatamiz va..."
Biz Eronga qo‘l uzatamiz va munosabatlarni yangi sahifadan boshlashga tayyormiz, dedi AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens o‘z bayonotida
Shuningdek, uning boshqa bayonotlari:
— Eron jahon iqtisodiyotiga faqat kelishuv shartlarini bajarganidan keyingina qayta oladi;
— Tehron yadroviy qurol ishlab chiqishdan va terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishdan voz kechishi kerak;
— AQSh va Eron kelishuvi Islom Respublikasiga boyitilgan uran zaxiralarini yo‘q qilish uchun MAGATE ekspertlarining qaytishini nazarda tutadi;
— AQSh agar Eron uzoq muddatli majburiyatlarni o‘z zimmasiga olsa, sanksiyalarni sezilarli darajada yumshatishga tayyor;
— Eron Amerika pullarini olmaydi, kelishuv faqat sanksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilish haqida bormoqda;
— Kelishuvning bajarilishi ikki bosqichli tekshiruv tizimi yordamida nazorat qilinadi;
— Kelishuv allaqachon raqamli shaklda imzolangan, Eronga hech qanday to‘lovlar amalga oshirilmagan.
— Prezident Tramp 19 iyungacha Eron bilan o‘zaro anglashuv memorandumini e’lon qilishi mumkin.
